IÇKI IŞLAR VAZIRI KUBOGI UÇUN VOLEYBOL MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Hozir ayni yoz fasli. Umumtaʼlim maktablari öquvçilarining yozgi taʼtil kunlari davom etmoqda. Öquvçi-yoşlarning yozgi taʼtilni maroqli ötkazişlarini taʼminlaşga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari “Uç avlod uçraşuvi” mavzusidagi davra suhbatlari taşkil etilayotgani farzandlarimiz uçun yanada zavqli lahzalarni hadya etmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 8-iyul sanasida Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida ham ötkazildi. Tumanning barça hududlaridagi ovul va mahallalarida istiqomat qiluvçi 17 yoşgaça bölgan öğil va qiz bolalar örtasida ötkazilgan voleybol sporti böyiça musobaqalar nafaqat iştirokçi jamoalar, balki tomoşabinlarda ham qiziqarli taassurotlar qoldirdi.
Respublika Içki işlar vaziri kubogi uçun bölib ötgan 4 bosqiçli sport musobaqasining birinçi – tuman bosqiçida Amudaryo tumanining barça hududlaridagi umumtaʼlim maktablari öquvçilaridan iborat terma jamoalar özaro kuç sinaşdilar.
Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, musobaqada iştirok etiş istagini bildirgan jamoalar aʼzolari musobaqa şartlari va mazkur musobaqani ötkaziş böyiça tasdiqlangan Nizom bilan oldindan tanişişlari uçun şaroit yaratildi. Unga köra, ovul va mahallalarda voleybol sportiga qiziquvçi öquvçi-yoşlar örtasida örtoqlik uçraşuvlari ötkazilib, musobaqaga puxta hozirlik körildi. Şu asosda har bir ovul va mahalla şarafini, Amudaryo tumani şarafini himoya qilişga qodir yoşlardan iborat jamoalar şakllantirildi.
Döstona va qizğin bahslar bilan ötgan musobaqalarning tuman bosqiçi yakuniga köra, öğil bolalar örtasidagi bellaşuvlarda Toşyop ovul fuqarolar yiğini terma jamoasi faxrli 1-örinni egalladilar.
Qiz bolalar örtasida ötkazilgan musobaqalar ham nihoyatda qiziqarli bahslarga boy böldi. Har bir jamoaning öziga xos öyin uslublari nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi va musobaqa yakunida 28-sonli umumtaʼlim maktabi voleybolçi qizlar jamoasi 1-öringa loyiq körildi.
Ğolib jamoalar musobaqa taşkilotçilari tomonidan rağbatlantirilib, Içki işlar Vaziri kubogi musobaqasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmalar berildi.
Ayni kunda ikkala ğolib jamoa aʼzolari ham musobaqaning navbatdagi bosqiçiga qizğin tayyorgarlik körişmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶