22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 19:19
Jamiyat 👁 270

MATONAT VA JASORAT SOHIBALARI

MATONAT VA JASORAT SOHIBALARI

Atrofimizda turfa xislatli insonlar koʻp. Ularga qarab, biriga havas qilsak, yana birlarining hatti-harakatlaridan ajablanamiz. Nega? Chunki tan-joni sogʻ, qadamidan oʻt chaqnaydigan insonlarning oʻz huzur-halovatini koʻzlab, Alloh tomonidan berilgan goʻzal hayot lahzalarini bekorchilik bilan oʻtkazayotganlaridan koʻnglimiz xijil boʻladi. Bunday boqibegʻam insonlar davlat idoralariga goʻyoki oʻz “haq-huquqi”ni talab qilib, oylab murojaat yoʻllashdan, ovul va mahalla fuqarolar yigʻini raislarining qabuliga kelib, moddiy yordam soʻrashdan aslo tortinmaydilar.

Havasimizga, eʼtiborimizga munosib insonlar esa hayot goʻzalligini his qilib yashash umr ziynati ekanligini, garchi imkoniyati cheklangan, qaysidir jihatdan nogironligi bor boʻlishiga qaramay, oldinga intilishga, kelajakka ishonch bilan yaratuvchanlik ruhida yashashga intiladilar va hatto maʼlum yutuqlarga ham erishadilar. Nazarimda bunday koʻngli kemtik insonlarning bu kabi fidoyiliklari yuqorida aytganimizday, davlatning choʻntagiga koʻz tikib yashayotgan boqibegʻam insonlar uchun haqiqiy ibratdir.

Amudaryo tuman Nogironlar jamiyatining aʼzolarining hayotdan oʻz oʻrinlarini topib, ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanishlari uchun jamiyat raisi Nilufar Xolboyeva doimo izlanishda, harakatda. Nilufarxonning ishning koʻzini bilib rejalar tuzishi, jamiyat aʼzolarining hayotdan rozi yashashlarini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlari tufayli Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant-loyihalarida qatnashib, bir necha marta gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va gʻoliblik sertifikati asosida ajratilgan grant-mablagʻlarini maqsadli sarflab, rejalashtirilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Natijada jamiyat qoshida tashkil etilgan tikuvchilik, toʻquvchilik, kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻquv kurslarida tahsil olgan jamiyat aʼzolari nafaqat oʻzi va oilasi, balki, atrofidagi insonlar, oʻzlari istiqomat qilayotgan ovul va mahallalar hayotiga faol aralashib, oʻzini-oʻzi ish bilan band qilishdan tashqari, koʻplab yoshlarga kasb-hunar oʻrgatishga muvaffaq boʻlishmoqda.

Jamiyatning faol aʼzolaridan biri Yulduzoy Karimova ikkinchi guruh nogironi. U bolaligidan Amudaryo tuman Nogironlar jamiyati raisi Nilufar Xolboyevaning qoʻllab-quvvatlashi, maʼnaviy ragʻbati tufayli tumanda boʻlib oʻtadigan koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Shu bilan birga jamiyat qoshida tashkil etilgan tikuvchilik kursida bichish-tikish sirlarini mukammal oʻrganib, tikuvchilik bilan shugʻullana boshladi. Uning tikkan liboslarini “Yulduzoy tikkan”, deya faxrlanib kiyib yuruvchi mijozlari safi oshgan sari u bu yoʻnalishda oʻz bilim va tajribasini boyitishga qaror qildi. 2013-2016-yillarda Toshkent shahridagi imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar kollejida tahsil oldi. Zamonaviy va anʼanaviy-klassik uslubdagi liboslar tikishni yoʻlga qoʻydi. Bir yil davomida oʻzi kabi imkoniyati cheklangan, nogironligi bor yoshlarga chevarlik sirlaridan saboq berdi. U: “qoʻlimda hunarim bor, topish-tutishim yaxshi”, deb shu yoʻnalish boʻyicha toʻxtab qolishni xohlamadi. Ayol kishi borki, albatta bichish-tikish hunari uning ikkinchi mashgʻuloti boʻlishi kerak, degan oʻyda 2019-2023-yillarda Nukus Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Yaqinda oʻqituvchilik diplomini olgan Yulduzoyning orzulari bir jahon. Maqsadi yoshlarga taʼlim-tarbiya berish, ularni yuksak maʼnaviyatli insonlar qilib voyaga yetkazishdek sharafli kasbning qadr-qimmatini oʻz faoliyati orqali oshirib yashash.

Jamiyatning yana bir aʼzosi Sevinchoy Tursunboyeva birinchi guruh nogironi. Sevinchoy oʻziga atrofidagi sogʻlom odamlarning achinish nazari bilan qarashlarini umuman istamadi. Boʻsh vaqtini kitob mutolaasi, turli suratlar chizish bilan oʻtkazadigan Sevinchoy dizaynerlik yoʻnalishga qiziqib qoldi. U liboslar dizayni boʻyicha shugʻullanishdan zavqlanadigan, turli xis rusumdagi, ayniqsa, fasllarga monand liboslar dizaynini yaratish ustida shugʻullana boshladi. Uning toʻrtta faslga monand liboslar dizayni boʻyicha toʻplamlarini koʻrgan jamiyat raisi Nilufar Xolboyeva Sevinchoyning orzulariga qanot bagʻishladi.

- Sevinchoy, qizim, shu toʻplamlaring bilan dizayn yoʻnalishidagi koʻrik-tanlovlarda qatnashib koʻrmaysanmi? – dedi bir kuni bu tirishqoq qizning ijodini koʻrib quvongan Nilufarxon.

Sevinchoy ikkilanib-ikkilanib 2022-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan dizayn yoʻnalishidagi koʻrik-tanlovda ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldi va koʻrik-tanlovning qimmatbaho sovgʻalari, faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Uning orzulari koʻp. Kelajakda dizaynerlik yoʻnalishida oʻqib, oliy maʼlumot olish va oʻz bilimi bilan xalqimizga munosib xizmat qilish.

“Bosuv” mahallasida istiqomat qiluvchi Gulnoza Gulmonova ham birinchi guruh nogironi. Garchi imkoniyati cheklangan boʻlsa-da u oʻzini hamisha kuchli va jasoratli insonlar qatorida koʻradi. Bekorchilikni, loqaydlikni inson umrining egovi, deb bilgan Gulnoza onasi Zevar Gulmonovadan chevarlik sirlarini oʻrganishga kirishganida, avvaliga onasi ham uning sabr-toqat bilan tikuvchilik hunarini egallab olishiga unchalik ishonmagandi. Lekin yoshiga nisbatan jasoratli, matonatli, ayniqsa, kuchli sabr-toqatli bu oʻsmir qizaloq onasi koʻmagida quroq tikishni maromiga yetkazib uddalaydigan, hatto yangi-yangi quroq turlarini yaratib, oʻzi mustaqil ravishda ish tikadigan boʻldi. Avval oʻzlarining ehtiyojiga koʻra, quroq koʻrpacha, yostiq, dasturxonlar tikkan boʻlsa, keyinchalik uning ishidan mamnun boʻlgan qoʻni-qoʻshnilar, qarindoshlarining buyurtmalarini bajaradigan boʻldi. U gul-quroq, shaxmat quroq, atirgul quroq, tangacha quroq kabi biri-biridan goʻzal, bejirim quroqlar tikib, tikkan quroqlari bilan dasturxon, yostiq jildlari, divan-kreslo yopqichlarini bezatdi. Tajribasi oshib borgan sari mijozlari safi ham koʻpaydi. Qiz uzatadigan, kelin tushiradigan onalar Gulnoza tikkan ishlarni quvonib-quvonib, “hunaringdan baraka top”, deya olib ketishadigan boʻlishdi. Ayniqsa, Gulnoza yaratgan “sevgi tumori” deb nomlangan naqshin quroqlar kelin toʻylarida chimildiqlarni bezatdi.

- Biri-biriga jips, chirmashib ketgan gul quroqlarda ramziy maʼno bor, - deydi Gulnoza. – Yaʼni, oilalar mustahkam, jips boʻlsin, ikki koʻngil biri-biriga chirmashib ketsin, degan maʼnoda chimildiq quroq-qoshlarini “sevgi tumori” deb nomlaganman.

Oddiygina mato parchalaridan ham goʻzal maʼno-mazmunlar, mohiyatlar topib, el-yurtning ezgu niyatlariga esh boʻlib yashayotgan Gulnozaxon, qalblarida aziz xalqiga yaxshilik qilishdek orzulari ogʻushida oʻz umrlarini kasb-korlari bilan bezatib, xalq mehriga sazovor, intilishdan aslo toʻxtamay hayotlarini nurli va goʻzal tomonga oʻzgartirish yoʻlida baʼzi sogʻlom insonlardan-da fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Yulduzoy va Sevinchoylarga mustahkam sogʻlik, matonat va jasorat tiladik. Zero, matonatli va jasoratli insonlargagina baxt-u saodat hamisha yor boʻladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026