“Baday töqay” köriqxonasiga sayohat uyuştirildi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan “Obod mahallam” loyihasining iş rejasi asosida örinlarda uçraşuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar taşkil etilib aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytiriş maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirib kelinmoqda.
Jumladan, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tuşuntiriş maqsadida ovul fuqarolar yiğinlarida vakillar bilan uçraşuvlar, aholi, ayniqsa yoşlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş, tabiiy resurslarni tejaşga daʼvat qiliş, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oşiriş maqsadida hududlardagi maktablar öquvçilari örtasida mavzuga oid inşolar va rasmlar tanlovlarini ötkaziş, fuqarolar yiğinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxşilaş maqsadida soha mutaxassislari iştirokida ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari komissiyalari vakillari uçun öquv seminar taşkil etilmoqda.
Yaqinda mazkur taşkilot tomonidan yoşlar ongida tabiatga muhabbat tuyğusini mustahkamlaş maqsadida “Barkamol avlod“ bolalar markazining “Yoş ekolog va tabiatşunos” tögaragi tarbiyalanuvçilari iştirokida Beruniy tumanidagi “Baday töqay” köriqxonasiga sayohat uyuştirildi.
Öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş, bolajonlarga turli kasb sirlarini örgatiş maqsadida Amudaryo tumani barkamol avlod bolalar maktabida 7 ta yönalişda maşğulotlar olib borilmoqda.
Ayniqsa “Yoş ekolog va tabiatşunos” tögaragiga qatnaşiş uçun öquvçilarda xavas juda yuqori bölmoqda. Çunki ona tabiatni seviş barçamizga xos xislat. Mazkur tögarakning maqsad va vazifalari – yoşlarda ekologik ongni şakllantiriş, bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etiş, sanitariya, gigiyena masalalaridagi malakalarini rivojlantirişga örgatiş, bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy körsatib beriş orqali öquvçilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaşdan iborat. Şu maqsadda öquvçilar bilan birgalikda tabiat qöyniga sayohat uyuştirildi. Öquvçilar tabiatning eng gözal göşasini tomoşa qilişga muyassar böldilar.
Respublikamizning Beruniy tumanida joylaşgan “Baday töqay” qöriqxonasi 1971-yilda taşkil qilingan. Bugungi kunda bu qöriqxona quyi Amudaryo biosfera rezervati deb nomlanadi.
Ayni kunda Özbekiston Respublikasida 8 ta qöriqxona va bitta rezervat taşkil qilingan.
Keyingi yillarda aholi sonining oşişi, işlab çiqariş, korxonalarining jadallaşuvi natijasida gözal tabiatimizga biroz zarar yetkazildi. Tabiatni asraş, atrof-muhitni muhofaza qiliş maqsadida qöriqxonalar taşkil qilingan. Qöriqxonalar davlat etoloni bölib, tabiatning qimmatbaho inʼomlarini inson maqsadlari uçun saqlaşdan iborat.
Baday töqay qöriqxonasida turli xil jonivorlar, quşlar, dorivor ösimliklar muhofaza qilinadi. Tabiatimizda yöqolib borayotgan ösimlik va hayvonot turlari muhofaza ostiga olingan. Qöriqxonaning muhofaza qilinadigan asosiy jonivori Buxoro buğusi hisoblanadi.1975-yilda köpaytiriş uçun olib kelingan 2 boş buxoro buğusining soni bugungi kunga kelib 1500 boşga köpaydi.
Şuningdek, öquvçilar bu yerda qöriqxona muzeyi bilan ham tanişdilar. Qöriqxona muzeyi turli xil eksponatlarga boy. Muzeyda şu qöriqxonada mavjud bölgan ösimlik turlari, hayvonot turlari haqida maʼlumotlar bor.
Öquvçilar bu yerda buxoro buğusining yaşaş tarzini öz közlari bilan körib, yaqindan tanişdilar.
Bu sayohat öquvçilar könglida ulkan taassurotlar qoldirdi.
Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶