TÖLQIN OVULI DEHQONLARI ĞÖZA PARVARIŞINI AVJ OLDIRMOQDALAR
Ğöza – mamlakatimizda uzoq yillardan beri ekiladigan asosiy ekinlardan biri. Özbekiston ayni kunda ham paxta yetiştirişda dunyoda yetakçi davlatlardan biri hisoblanadi. Bu mehrtalab, parvariştalab ekinni yetiştiriş yaqin-yaqingaça maşaqqatli soha hisoblanib kelingan. Ammo hozirgi kunda ilm-fan yutuqlariga asoslangan, kam xarajat sarflab, tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapişar, kasallik va zararkunanda haşarotlarga çidamli, tabiat injiçliklariga bardoşli ğöza navlari yetiştirilib ekilayotgani, sohadagi köpgina işlar texnika zimmasiga yuklanayotgani dehqonlarga çinakam yengillik yaratayotir. Ğöza parvarişidagi agrotexnologik tadbirlarning öz vaqtida sifatli ado etilişi kuzgi möl hosilga zamin hozirlaydi.
Şunisi eʼtiborliki, keyingi yillarda çigit ekiladigan dalalar köp yillik begona ötlardan tozalanib, lazer tekislagiç yordamida tekislanib ekişga sifatli tayyorlanmoqda. Bu ekilgan uruğning tekis unib çiqişiga, yaxşi rivojlanişiga zamin böladi.
Amudaryo tumanining Tölqin ovulida paxtaçilik bilan şuğullanayotgan fermer xöjaliklarida möl hosil yetiştirişning barça çora-tadbirlari amalga oşirib kelinayotgani bois, har yili möl daromad olinayapti. Ayni kunda ovuldagi barça paxta dalalarda sifatli ekilgan çigitlar unib çiqib, yaşil qatorlar hosil qildi. Ğöza nihollarini parvarişlaş işlari öz vaqtida ado etilayotir. Ğöza yaganasi sifatli tamomlandi, ilk işlov beriş, yaʼni kultivatsiyalaş ham yakunlaniş arafasida.
Bu tadbirlar ayniqsa Sardor Matnazarov rahbarlik qilayotgan “Matnazarov Sodiqbek” fermer xöjaligida sifatli olib borildi. Yagana qilingan, kultivatsiya qilinib, tagi yumşatilib, oziqlantirilgan ğöza nihollari durkun rivojlanmoqda.
Uşbu xöjalikning 81 gektar paxta maydoniga joriy yilda ertapişar, tuproq-iqlim şaroitiga mos “Sulton” navi ekildi. Yerlarni ekişga tayyorlaşdan tortib, ekiş işlari ham xöjalikning öz texnikalari yordamida ado etildi. Mexanizatorlar Otajon Soliyev, Olim Soliyev, Davron Otajonov, Jamşid Töraboyevlar bu işlarda jonbozlik körsatib işladilar.
Şu kungaça barça maydonlarga ekilgan çigitlar bir tekis unib çiqdi va sifatli yagana qilindi. Ğöza qator oralarini kultivatsiyalaş işlari ham poyoniga yetay deb turibdi.
Xöjalikda paxtadan taşqari 23 gektar buğdoy, 2 gektar boğ, 1 gektar kartoşka, 1 gektar qovun-tarvuz ekilgan. Jami ekin maydonlari 73 nafar pudratçilarga bölib berilgan. Ular özlariga biriktirilgan yerlarda möl hosil yetiştiriş uçun parvarişni qizitmoqdalar.
Ovuldagi “Azimjon Vaysak” fermer xöjaligidagi 63 gektar paxta maydonlaridagi ğözalar ham yagana qilinib, kultivatsiyalandi.
Şuningdek 22 gektar maydonga ekilgan “Krasnodar” navli buğdoy ham sifatli parvariş qilinayotir. Meʼyorida oziqlantirilib, begona ötlardan, zararkunanda haşarotlardan himoya qilingani bois, barça dalalarda möl hosil töplandi. Boşoqlari egilib turgan buğdoyzorlardagi hosilning yiğim-terimiga ham hozirlik körilayotir.
Xalqimiz rizqi – dehqon mehnatidan. Buni sidqidildan his qilib, barça ekinlardan yuqori hosil yetiştirişga intilayotgan mirişkor-u mexanizatorlarga tolmas kuç-quvvat tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶