KASABA UYuShMALARI MEHNAT NIZOLARIDA XODIMLARNI HIMOYa QILADI
Kasaba uyushmasi – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga koʻra oʻz aʼzolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogʻlangan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.
Kasaba uyushmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Mehnat kodeksi, “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunlar, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ustavi va boshqa huquqiy hujjatlar asosida yuritadi.
2019-yil 6-dekabr kungi Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasida kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari qonunchilikda tashkil etilishi hamda faoliyat koʻrsatishi tartibi belgilanadigan mehnat nizolari boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etish huquqiga ega, deyilgan. Shunga koʻra Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega. Mazkur Qonunning 45-moddasida Kasaba uyushmalari inspektorlarining huquq va majburiyatlari koʻrsatilgan.
Mehnat Kodeksining 280-moddasiga muvofiq, yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni oʻzgartirishga doir nizolarni koʻrib chiqish, xodimga yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni oʻzgartirishga doir mehnat nizolari ish beruvchi va tegishli kasaba uyushmasi organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan hal qilinadi.
Mehnat huquqlari va xodimlarning qonuniy manfaatlarini taʼminlashda kasaba uyushmalarining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Jurʼat Avezov,
tuman Adliya boʻlimi YuXKM bosh yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶