22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:31
Jamiyat 👁 510

AMUGA EL BOʻLGAN QALBI JOʻShQIN Nigina

AMUGA EL BOʻLGAN QALBI JOʻShQIN Nigina

Koʻpincha oilada qiz farzand tugʻilsa: “Holva”, deyishadi va bu bilan oilaga yangi kelgan chaqaloq ham ota-onasi, ham oilasi uchun shirin hayot, shirin turmush ramzi sifatida qabul qilinadi.

Asli Oʻzbekistonning jannatmakon goʻshasi – Fargʻona viloyatining Rishton tumanidan boʻlgan Niginaxon tugʻilganida fargʻonalik momo-buvalari uning tashrifini qanday taʼriflab, qanday qarshi olishganlarini bilmadim-u, lekin u ulgʻayib, Amudaryo tumaniga kelin boʻlib tushganida nafaqat Nigina kelin boʻlgan xonadon ahli, qarindoshlar va boshqa yaqinlari suyunishgani rost. Boisi, tili ham, oʻzi ham, muomala-yu odobi-ikromi ham shirin boʻlgan Niginaxon yillar oʻtib, kasb-kori bilan ham shu elning aziz farzandiga aylandi.

Bolaligidan  tarjimon boʻlishni orzu qilgan Niginaxon Saidova Rishton tumanidagi umumtaʼlim maktabini 2003-yilda faqat “aʼlo” baholarga tugatdi. Shu yili u Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakultetiga tarjimonlik yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirdi.

Tabiatan intiluvchan Niginaxon universitet tahsili jarayonida izlanuvchan, tashabbuskor va zukko talaba sifatida tanildi, oʻz mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha ingliz tilini mukammal oʻrgandi. U 2007-yilda Universitetni muvaffaqiyatli tugatdi.

Amudaryolik uzoq qarindoshlari, el-yurt  hurmatidagi inson – Bahrom Jumaniyozovlar xonadoniga kelin boʻlgan Niginaxon ilk mehnat faoliyatini 2008-yilning mart oyidan Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshladi. U 11-yil davomida mazkur oʻquv dargohida oʻquvchi-yoshlarga ingliz tili fanidan dars berdi.

2019-yilning sentyabr oyidan 56-sonli umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida oʻz mehnat faoliyatini davom ettirayotgan Niginaxonning shogirdlari safi yanada oshdi. Darslarini variativ oʻquv-rejasi asosida qiziqarli va koʻrgazmali vositalar yordamida tashkil etib, oʻquvchilarining diqqat-eʼtiborini xorijiy tillarni puxta oʻrganishga qarata olgan Nigina mana salkam toʻrt yilki, Amudaryo tuman XTBga qarashli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari orasida doimo peshqadam.

U taʼlim berayotgan oʻquvchilari orasida S1 darajasidagi sertifikat egalarining ham borligi quvonarli. Joriy 2022-2023 oʻquv yilida maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan fanlar olimpiadasining tuman bosqichi gʻolibi boʻlgan 11-sinf oʻquvchilari Farhod Nurboyev va 2-oʻrin sohibi Nodirbek Boyjonovlar  S1 sertifikati, Muxlisa Oʻrinboyeva V2 sertifikati sohibi boʻldilar. Nigina Saidova esa “Eng yaxshi chet tili fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida faxrli 2-oʻrinni egalladi va koʻrik-tanlov tashkilotchilari tomonidan Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovida esa u mehnat qilayotgan 56-sonli umumtaʼlim maktabi faxrli 2-oʻringa munosib koʻrildi va maktabga 75 mln. soʻmlik Prezident sovgʻasi topshirildi.

Yaqinda iqtidorli va tashabbuskor oʻqituvchi Niginaxonni hamkasb doʻstlari va shogirdlari yana bir quvonchli xabar bilan tabriklashdi. Xalq taʼlimi Vazirligi jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun oʻtkazilgan ikki bosqichli tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Niginaxon Saidova joriy yilning aprel-dekabr oylari oraligʻida har oyda 5 mln. soʻm ustama olish huquqini qoʻlga kiritdi.

– Oʻqituvchilarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan juda xursandman, – deydi Nigina. – Avval yaxshi ishlagan ham, ishlamagan ham bir xil miqdordagi maosh olishardi. Shunday paytda fidoyilik bilan ishlayotgan oʻqituvchilar uchun bu adolatsizlik boʻlib tuyulardi. Endi yaxshi natijalarga erishgan oʻqituvchining mehnati eʼtiborda. Bu juda katta ragʻbat boʻldi.

– Niginaxon, qancha maosh olasiz, – qiziqdik.

– 8 mln. soʻm, endi aprel oyidan boshlab, har oyda 13 mln. soʻmdan maosh oladigan boʻldim!

Baʼzan qiziqarli dars-mashgʻulotlarga berilib ketgan paytlarida Niginaxon kun boʻyi  maktabda, oʻquvchilari davrasida qolib ketadi. Oʻzining kelin, ona, rafiqa, beka ekanligi esiga tushganida alohida mehr bilan oilasi bagʻriga oshiqadi. Oʻzaro mehr-oqibat, yuksak insoniylik fazilatlari hokim boʻlgan oilada u oʻzining mehr-muhabbati bilan umr yoʻldoshi Davronbekning, xush xulqi, samimiyati bilan qaynotasi, el-yurt ardogʻidagi nuroniy Bahrom ota Jumaniyozovning hurmat-eʼtibori, gʻamxoʻrligidan bahra oladi. Biri-biridan shirin ikki oʻgʻil, ikki qizining ahil va inoq oila saltanatida voyaga yetayotganidan koʻngli togʻday yuksaladi. Qadrdon ota makoni – goʻzal Fargʻonaga boʻlgan sogʻinch tafti bosilganday boʻladi goʻyo va yana tonglarni shodon, ezgu orzular bilan qarshilagan Niginaxon jonajon maktabiga, oʻquvchilari davrasiga oshiqadi.

Tugʻilgan yurt, Vatan – insonning yuragida boʻladi, deyishadi. Yuragida ona yurt mehr-muhabbati balqib turgan insonlarning tabiati joʻshqin, qalblari esa hamisha qaynoq boʻlganidan el-yurt manfaati, kelajagi yoʻlida oʻzini safarbar qilib yashayveradilar. Niginaxon ana shunday joʻshqin tabiatli, qaynoq qalbli Amu elining ardoqli farzandlaridan biri.

 Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026