Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining sayyor qabuli bölib ötdi
Inson manfaati – oliy qadriyat. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar negizida ayni maqsad ustuvor öringa qöyilayotgani joylardagi özgarişlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qiliş, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yölidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda.
Ayniqsa, aholi muammolarini yeçişning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratiş maqsadida yuqori darajadagi davlat organlari rahbarlarining xalq orasiga kirib, muammolarni joyida örganiş va hal qilişida muhim vosita bölayotgan ommaviy sayyor qabullar oddiy odamlar hayotida muhim örin tutmoqda.
Buni joriy yilning 28-aprel kuni Amudaryo tumanining Qipçoq şaharçasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan sayyor qabul ham yana bir karra tasdiqladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov raisligida bölib ötgan sayyor qabulda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari Şuhrat Dauletiyarov, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, tegişli korxona, taşkilotlar rahbarlari hamda turli mavzudagi murojaatlar bilan tumanning ovul va mahallalaridan kelgan aholi vakillari iştirok etişdi.
Sayyor qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar özlarini qiynab kelayotgan muammolari hamda takliflari bilan murojaat qildi. Murojaatlar asosan, kredit oliş, soğligini tiklaş uçun mablağ ajratiş, yöllarni taʼmirlaş, içimlik suvi tarmoğini tortiş, bandlik, futbol maydonçasi qurişda amaliy yordam berilişini va boşqa masalalarda böldi.
Şu örinda aytiş kerakki, odamlarni rozi qiliş bugun davlatimiz siyosatining boş maqsadi hisoblanadi. Xalqimizni köp yillardan buyon öylantirib, taşvişga solib kelayotgan muammolarga yeçim topilib, yurtdoşlarimizning farovon turmuş keçirişi uçun bor imkoniyatlar işga solinmoqda.
Sayyor qabulda yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamdagi bunyodkorlik işlari, yangidan işga tuşirilayotgan tadbirkorlik subʼektlari, işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonlari faqatgina xalq manfaatini taʼminlaş, ularning yaşaş şaroitni yaxşilaş maqsadida amalga oşirilayotganligi taʼkidlandi.
Şuningdek, Prezidentimiz Qoraqalpoğistonga har galgi taşrifida juda katta yangiliklar bilan kelişi, katta miqdorda ajratilayotgan mablağlar mahallalar infratuzilmasini yaxşilaşga, yirik invistitsion loyihalarni işga tuşirişga sarflanayotgani va buni xalqimiz özining farovon hayotida tölaqonli his etib yaşayotganligi aytib ötildi.
Sayyor qabulda murojaatlaring heç biri eʼtibordan çetda qolmadi va har bir murojaat imkon qadar ijobiy yeçimini topişi taʼkidlandi.
Amaliy natijalari bilan ahamiyatli bölgan tadbirda aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Yeçimiga vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan masʼul şaxslarga topşiriqlar berildi. Şuningdek, murojaatçilarga baʼzi masalalarda huquqiy tuşuntirişlar berilib, takliflar esa örganib çiqiş uçun qabul qilindi.
Bugungi kunda yurtimizning barça hududlarida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari, rahbarlar xalqqa xizmat qilişi kerak” tamoyili asosida ötkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolari hal bölişida asosiy omil bölib xizmat qilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶