“Obod mahallam” loyihasi doirasida mahallalarda obodligiga hissa qöşilmoqda
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan “Obod mahallam” nomli loyihasining iş rejasi böyiça mahallalarda obodlikni taʼminlaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oşiriş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Ötkazilayotgan uçraşuvlar, davra suhbatlari, tanlovlardan közlanayotgan asosiy maqsad – hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişdan iboratdir.
“Mahalla” xayriya jamğarmasi jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi boşliği Bahodir Boltaboyev rahbarligidagi guruh aʼzolari Qipçoq ovul fuqarolar hududidagi işlar bilan yaqindan tanişdi.
Guruh aʼzolari dastlab “Qoraqalpoqyölkökalam” unitar korxonasi aʼzolari, Qipçoq örmon xöjaligi xodimlari tomonidan olib borilayotgan obodonlaştiriş işlarini borib kördilar. Bekbergan Tileöboyev, Hamro Çötboyev tomorqalaridagi issiqxonalarda erta pişar meva va sabzavotlar yetiştirilmoqda. Boğbon Töliboy Xudoyberganovning boğida naşvati, olma, uzum yetişitirilmoqda. Mahalla faoli Madrim Nametov ovuldagi yaxşi özgarişlar haqida faxrlanib gapirdi.
Uyşin mahallasidagi Omonboy Jalolov xonadoni issiqxonada gul yetiştiriş bilan şuğullanadi. Issiqxonada turli xil gul navlari yetiştirilmoqda.
Şuningdek, “Obod mahallam” loyihasi böyiça “Yaşil makon” umummilliy dasturi doirasida Tölqin, Bobur, Qumyop, Çoyköl, Qiliçboy ovullarida hamda Farovon mahallasida “Mahalla boği”ni yaratiş işlari ham közda tutilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶