Mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş yölida
Prezidentimiz tomonidan şu yilning 31-avgustida imzolagan “Qoraqalpoğiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Qoraqalpoğistonni rivojlantirişning yangi dasturi belgilab berildi. Uşbu farmonlar asosida Respublikamizda keng kölamli invistitsion loyihalar amalga oşirilib, quriliş işlari olib borilmoqda, yangidan yangi tadbirkorlik subʼektlari işga tuşirilmoqda.
Prezidentimiz respublikadagi mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş, aholining turmuş şaroitini yuqori darajaga kötariş maqsadida aniq belgilangan çora-tadbirlarni belgilab berdilar.
Şu maqsadda 2022-yil 6-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, qulay biznes muhitini yaratiş, innovatsion texnologiyalarini joriy etiş va infratuzilmalar bilan taʼminlanganlik darajasini yanada yaxşilaş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida jami 24 km uzunlikdagi içki xöjalik yöllarini taʼmirlaş rejalaştirilgan bölsada, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi qöşimça ravişda yana 13 km yölni ortiği bilan taʼmirlaşni reja qilgan. Aniqroq aytganda, endilikda tumanda jami 37 km içki xöjalik yöllari taʼmirlanadi. Buning uçun davlat byudjetidan 2 mlrd. 964 mln söm mablağ ajratilgan.
Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uşbu qarorning qabul qilinişi orqali Qoraqalpoğistondagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirişning asosiy parametrlari va moliyaviy masalalari yeçib berildi. Aholi esa uşbu qarorlarning ijrosiga amalda guvoh bölib, mamlakatimizda “Inson qadri uçun” tamoyili asaosida amalga oşirilayotgan islohotlar bardavomligiga töliq işonç hosil qilmoqda.
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida qaror asosida olib borilayotgan işlar qizğin surʼatlarda davom etmoqda. Uşbu mahalla aholisining kayfiyatiga içki xöjalik yöllarining taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi salbiy taʼsir körsatar edi, albatta. Yozda çang, qişda loyga belanadigan bu yöllar har qanday insonning taʼbini hira qilardi.
Endilikda esa mahalla ahlida yöl bilan boğliq bu kabi muammolar bölmaydi. Mahallaning 4,5 km uzunlikdagi tuproq yöllariga toş yotqiziş işlari boşlab yuborildi.
Şuningdek, Oybek nomli mahalladan taşqari Durunki mahallasidagi 5,2 km uzunlikdagi yöllar ham taʼmirlanib, toş yotqiziş işlari olib borilmoqda. Uşbu mahalla ahlining ham öz mahallalarida amalga oşirilayotgan bu kabi hayrli va ezgu işdan nihoyatda mamnun ekanliklarini yuz ifodalaridan seziş qiyin emas.
Yurt rivoji yölidagi bu kabi hayrli işlar Qoraqalpoğistonning barça hududlarida, jumladan tumanimizda ham davom etadi. Zero, insonlarni ötayotgan har bir kunidan rozi bölib yaşaşlariga şaroit yaratiş davlatimiz siyosatining boş maqsadidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶