“Beş taşabbus – beş imkoniyat!” loyihasi doirasida 85-sonli maktabda oçiq dars ötkazildi
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” nomli loyiha asosida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning iqtidorlarini yuzaga çiqariş, yoşlarni turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş, ularning sifatli taʼlim olişiga erişiş borasida turli tadbirlar, adabiy keçalar, uçraşuvlar ötkazilib kelinmoqda.
Şuningdek, yoşlarning adabiyot va sanʼatning barça turlariga qiziqişlarini oşirişga, sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilişlariga, özini özi band qilgan holda tadbirkorlik bilan şuğullanib, daromad topayotgan yoş ayol-qizlarning iş tajribalarini ommalaştirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tanlovlar, davra suhbatlari ötkazilib borilişi natijasida barça yoşdagi fuqarolar qalbida kitobga bölgan qiziqiş ortib bormoqda.
Barçaga maʼlumki, Prezidentimiz taklif qilgan uçinçi taşabbus doirasida yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişga qaratilgan tadbirlarni taşkil qiliş belgilangan. Aynan şu maqsadda tumanning Xitoy hududida yaşovçi manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlar uçun 85-sonli maktabda “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş” mavzusida oçiq dars ötkazildi.
Mazkur maktabda tajribali ustozlar – matematika va informatika fani öqituvçilaridan Gavhar Saparboyeva hamda Oğabek Yöldoşevlar köp yillardan buyon öquvçilarga kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş borasida özlarining bilim va tajribalarini örgatib kelmoqdalar. Ustozlaridan olgan saboqlari esa yoşlarning kelgusi hayotlarida qayerda va qaysi kasbda işlamasin dasturulmal bölib xizmat etib kelmoqda.
Oçiq dars oçilişida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov çiqib gapirib taşkilot tomonidan olib borilayotgan işlar, butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham maktab öquvçilari zamonaviy maktab binolarida eng ilğor öquv qurollaridan foydalangan holda bilim olayotganligini faxr bilan aytib ötdi.
Matematika va informatika fani öqituvçisi Gavhar Saparboyeva öquvçilarga kompyuterlardan samarali foydalanişning ilğor dasturlari hamda oçiq dars ötkazilişidan asosiy maqsad yoşlarning kompyuter va internetdan samarali foydalaniş borasidagi bilimlarini yana bir bor sinovdan ötkaziş ekanligini bildirdi.
Oçiq dars “funktsiyalar va özgaruvçilar mavzusiga oid amaliy maşğulot” deb ataldi. Öquvçilar oldiga funktsiyadan foydalangan holda berilgan ikkita sonning eng katta umumiy böluvçisini topiş dasturini tuziş vazifasi qöyildi.
Ötkazilgan oçiq dars maktab öquvçilarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş borasidagi bilim va könikmalari juda yuqori ekanligini körsatdi.
Ö.Reimov, "Jayxun ilhomlari" NNT raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶