Profilaktika insektorining bir iş kuni: Fidoiylik şiordir unga
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmonga muvofiq, fuqarolar yiğini raisining huquq-tartibot masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajariş profilaktika inspektori zimmasiga yuklatildi.
Amudaryo tumanining Navoiy mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat olib boruvçi profilaktika katta inspektori kapitan Alişer Xudaybergenov ham özini özi boşqariş organlari bilan hamkorlikda eng avvalo maxallada yaşovçi, özining ğayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etiş ehtimoli holatida bölgan jismoniy şaxslarning turmuş tarzini, mavjud muammolarni örganib kelmoqda.
Alişer Xudaybergenov umumiy örta taʼlimni Qangli ovul fuqarolar yiğinida joylaşgan 29-sonli maktabda tugatdi. 2013-2014-yillarda Surxondaryo viloyati Temiz şahrida bir yillik muddatli harbiy xizmatni ötab 2014-yilda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasiga öqişga kirdi. U Akademiyada fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlaş borasida çuqur bilimlarni özlaştirganligi uçun 2018-yilda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi böyiça yurist kvalifikatsiyasi berildi.
Mahallaning profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etiş ehtimoli yuqori bölgan aholi muammolarini huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi tegişli idoralar bilan xamkorlikda bartaraf etiş, xamda huquqiy, ijtimoiy, psixologik, va boşqa turdagi yordam körsatişga, şuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda.
Bunda ayniqsa, mahalla raisi, hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetkaçisi bilan birgalikda taşkil etilayotgan tarğibot tadbirlariga mahalladagi 733 ta xonadonda istiqomat qiluvçi 4429 nafar aholining barçasi qamrab olinmoqda.
Alişer Xudaybergenov iştirokida ötkazilib kelinayotgan “Xavfsiz tun”, “Qora dori”, “Turmuş”, “Xavfsiz hudud” tadbirlari aholi osoyiştaligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda.
Körilgan çora-tadbirlar tufayli yuqorida aytganimizdek, mahalla hududida osoyiştalik, uyuşmagan yoşlar va ösmir yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgan turli köngiloçar tadbirlar aholi maʼnaviyatini yuksaltiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni sportga, sanʼat va kasb-hunar örganişga, tadbirkorlik bilan şuğullanişga jalb etiş imkonini bermoqda.
Biz esa mahalla osoyiştaligini taʼminlaş, huqubuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş borasida samarali mehnat qilib kelayotgan Alişer Xudaybergenovning iş faoliyatiga zafarlar tilaymiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶