Mulk huquqini sud orqali himoya qiliş – Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yönalişi
Milliy iqtisodiyotning barqaror ösişini taʼminlaş maqsadida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etiş va ulardan samarali foydalanişni taʼminlaş uçun davlat tomonidan zarur iqtisodiy-huquqiy şaroitlarni şakllantiriş muhim rol öynaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uçraşuvda «Davlat hususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitini hamda şaroitlarni taʼminlaşi lozim», deb taʼkidlagan edi.
Şu bois yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz loyihasining
67-moddasida «Davlat qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini taʼminlaydi», degan mazmundagi ilğor va barça davlat organlari faoliyatiga baho berişning asosiy mezoniga aylanadigan norma mustahkamlanmoqda.
Iqtisodiyotimizga mablağ kiritiş istagida bölgan har qanday investorni qiziqtiradigan birinçi masala – tadbirkorlik faoliyati bilan bemalol şuğillanişi va foyda olişi uçun yaratilgan şaroitlardir. Şu bois barça davlatlar öz hududida biznes bilan şuğullaniş uçun jozibador va qulay muhitni taʼminlaşga harakat qilişadi.
Qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhiti – mamlakatda ijtimoi-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning taʼminlanganligi, mukammal va barqaror qonunçilik bazasi va sud-huquq tizimining mavjudligi, halol raqobat qiliş imkoniyati yaratilganligi, ruxsat oliş va hisobdorlik çeklanganligi, adolatli soliq tizimining amal qilişi, eng muhimi, daromatlarni erkin tasarruf etiş çeklanmaganligi hamda investorlar uçun imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etilganligi bilan belgilanadi.
Mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilişi, birinçidan, mamlakat iqtisodiyotiga töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etişni rağbatlantirişga, investorlarning işonçini mustahkamlaşga va davlat tuzilmalarining masʼulyatini oşirişga, ikkinçidan, tadbirkorlar hukuqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni taʼminlaşga, hususiy mulk himoyasini yanada quçaytirişga hamda investitsiya bozoridagi raqobatni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Maʼlumki, jamiyatning iqtisodiy negizini mulk taşkil etadi. Şuningdek, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilişi ham mulk bilan, mulkning kimlarga tegişli ekanligi bilan belgilanadi. Mulksiz ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiriş, mamlakatda xalq faravonligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişning imkoni yöq.
Sönggi beş yil davomida amalga oşirilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tubdan özgartiriş borasida mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan taʼminlaş va himoya qiliş muammosi, ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu davrda mulkdorlar huquqlarini taʼminlaşga qaratilgan Prezident va hukumatning 300 dan ortiq hujjatlari qabul qilindi.
Mutaxassislarning fikriga köra, mulk huquqini qatʼiy taʼminlaş va himoya qiliş mexanizmlari, mansabdor şaxslar faoliyatida byurokratiya, vakolatli mansabdor şaxslarning huquqiy ongi va madaniyatining yetarli emasligi, şikoyatlarning sezilarli darajada köpayişiga olib keladi.
Açinarlici şundaki, hozirgi kunda xususiy mulkni himoya qiliş sohasidagi amalga oşirilgan islohotlar va körilayotgan çoralarga qaramasdan özboşimçalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qiliş, ayrim mansabdor şaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan köçmas mol-mulkni buziş holatlari ham kuzatilmoqda. Albatta, buning uçun qonunçilik va huquq qöllaş amaliyotidagi xususiy mulkni himoya qiliş bilan boğliq mazkur muammoli vaziyatlar va böşliqlarni bartaraf etiş yöllarini işlab çiqiş va qonunçilikni takomillaştiriş lozim.
Şu nuqtai nazardan, fuqarolarni mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etmaslik hamda faqatgina jamoat ehtiyojlari uçun zaruriy holatlarda tegişli tartibda mol-mulk qiymatini qoplaş şarti bilan yerlarni oliş tartibini yanada huquqiy jihatdan kafolatlaş maqsadida Konstitutsiyaga bir qator normalar kiritiş taklif etildi.
Fikrimizça, bunday normaning kiritilişi kelajakda aholining turmuş farovonligini oşiriş, yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, mulkçilik munosabatlarini huquqiy jihatdan kafolatlaş, xususiy mulkning daxlsizligini kuçaytirişga katta turtki böladi. Şuning uçun amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolarning mulki bilan boğliq munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaş, aholining uy-joyga bölgan huquqlari daxlsizligini kafolatlaş bilan boğliq normalarni konstitutsiya orqali mustahkamlaş zarur sanaladi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, turli tajovuzlardan himoya qiliş, xususiy mulkni saqlaş va köpaytiriş uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratiş, mulkdorlarni qöllab-quvvatlaş, öziga tegişli bölgan mol-mulkka mustaqil egalik qiliş, foydalaniş va tasarruf etiş huquqlarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş, bu – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erişiş, mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama va jadal rivojlantiriş hamda davlat organlari bilan munosabatlarda xususiy mulk huquqlarining huquqiy kafolatlarini taʼminlaş uçun bevosita şaroitlar yaratişda kuçli turtki böladi.
Nukus tumanlar aro maʼmuriy sudining sudya yordamçisi A.Joldasova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶