HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI AMALGA OŞIRUVÇI ORGANLAR HAMDA MUASSASALARNING HAMKORLIGI
Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi Farmoniga asosan Içki işlar organlari faoliyatini taşkil etişning mutlaqo yangi mexanizmlari amaliyotga joriy etildi. Hududlarda jinoyatçilik ahvolidan kelib çiqib iş yuritilmoqda.
Har bir tuman, şahar va mahallalarni toifalarga ajratiş hamda hokimliklar, sektorlar va jamoatçilik bilan hamkorlikda “jinoyat öçoqlari”ni bartaraf etiş uçun barça zarur kuç va vositalarni jalb qilgan holda huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning asosiy böğini sifatida Içki işlar organlarining tayanç punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari bosqiçma-bosqiç taşkil etildi.
Mahalla huquq-tartibot maskani tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş işlarini tizimli taşkil etiş va muvofiqlaştiriş vazifasi profilaktika inspektoriga yuklandi. Bundan taşqari, profilaktika inspektoriga masofadan turib, murojaat yuboriş va uni körib çiqiş jarayonini kuzatib boriş, aholi bilan özaro tezkor muloqotni yölga qöyiş, profilaktika inspektorlari va sektor rahbarlari faoliyatiga baho beriş imkonini beruvçi “Smart mahalla” axborot dasturi işlab çiqilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqbuzarliklar va jinoyatçilikning oldini olişda profilaktika inspektorining özi xizmat körsatadigan hudud böyiça hokimliklar, jamoat taşkilotlari, hududda istiqomat qiluvçi volontyorlar bilan doimiy hamkorligi soha boşqaruv tizimi oldida turgan umumiy vazifalar hamda mavjud muammolarni hal etişda kuç va vositalarni töğri taşkil etiş imkonini beradi.
Ravşanbek EGAMBERGANOV,
IIV Akademiyasi 308-guruh kursanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶