14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:11
Siyosat 👁 241

OChIQ MULOQOT TADBIRI PEDAGOG XODIMLAR UChUN YaNGI KONSTITUTsION NORMALAR YuZASIDAN TUShUNChALAR TAQDIM ETMOQDA

OChIQ MULOQOT TADBIRI PEDAGOG XODIMLAR UChUN YaNGI KONSTITUTsION NORMALAR YuZASIDAN TUShUNChALAR TAQDIM ETMOQDA

Joriy yilning  6-aprel kuni Amudaryo tuman halq taʼlim boʻlimiga qarashli 82-sonli umumtaʼlim maktabining majlislar zalida Mangʻit shahri va shahar atrofi maktablarining direktorlari va direktor oʻrinbosarlari ishtirokida “Yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning huquqiy himoyasi” va “Pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash bilan bogʻliq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati”ni tushuntirish yuzasidan ochiq muloqot tarzidagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Asqar Safarov, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining raisi Bekbauli Dosimbetov, Amudaryo tuman hokimligi masʼul xodimlari va Amudaryo tuman halq taʼlim boʻlimiga qarashli 82-sonli maktab direktori Zafar Aqmanovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov tadbirni ochib, Yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning taʼlim olish huquqi va imkoniyati kengaytirilayotganligi, bundan keyin oʻqituvchilar Konstitutsiyaviy maqomga ega boʻlishi, ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar taʼlim sohasiga oid koʻplab modda va normalarda oʻz ifodasini topayotgani, taʼlim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 baravarga oshayotganligini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Jumladan, fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida davlat granti hisobidan oʻqish huquqi qatʼiy belgilab qoʻyilayotgani, xususan, 2017-yilgacha oliygohlarda oʻqish uchun davlat grantlari soni faqat qisqarib kelgan boʻlsa, oxirgi olti yilda bu boradagi ahvol butunlay oʻzgarib, grantlar soni 2 baravar koʻpaygani va 40 mingtaga yetganini, Magistratura uchun esa 5 baravar koʻpayganligini taʼkidladi.

Darvoqe, yangilanayotgan Konstitutsiyada nogironligi bor bolajonlarimizga oʻz tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish koʻzda tutilmoqda va bunday imkoniyatlar inklyuziv taʼlim sifatida Konstitutsiyaga kiritilmoqda.

Konstitutsiyada davlatning oʻqituvchilar shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish majburiyati kuchaytirilayotgani haqidagi norma oʻqituvchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obroʻsini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir davomida jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining raisi Asqar Safarov yana bir muhim yangilik – davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi xususidagi Konstitutsiyaviy norma haqida, shuningdek, bola huquqlari, har kim mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish huquqi toʻgʻrisidagi normaning Konstitutsiyada belgilanishi aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligini alohida taʼkidladi.

Asqar Safarov loyihada homiladorligi yoki bolasi borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra, ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi, fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish, bolalar mehnatining bolaning sogʻligʻiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga toʻsqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emasligi xususidagi Konstitutsiyaviy normalar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Shundan soʻng, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining raisi Bekbauli Dosimbetov mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berish, ayniqsa, pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb etish hollari davom etayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilayotgani, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksida pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilayotgani xususida batafsil soʻz yuritdi.

Ushbu Qonun taʼlim tashkilotining pedagog xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi haqida zarur tushunchalar berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar. Qiziqarli va munozaralarga boy tarzda oʻtgan ochiq muloqot tadbiri pedagog xodimlar uchun Yangilanayotgan Konstitutsiya va unga kiritilayotgan xalqparvar normalar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur tushunchalarga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019