16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:50
Siyosat 👁 340

Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi targʻibotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi targʻibotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea – umumxalq Referendumiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. 30-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. Mana shu muhim jarayonning ahamiyati va yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga keng tarzda tushuntirish maqsadida targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova hamda respublika targʻibot guruhi azolari Amudaryo tumanining Amur Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Uchrashuvda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini koʻp millatli xalqimizning takliflari asosida shakllantirilgani, umumxalq muhokamasida kelib tushgan takliflarning 60 foizdan ortigʻi bevosita yoshlar tomonidan bildirilgani alohida taʼkidlandi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, parlamentning oʻzi ham Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish vakolatiga ega ekanligini, lekin konstitutsiyaviy islohot fuqarolar fikri va qoʻllab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirilsa, haqiqiy xalq Konstitutsiyasi boʻlishi eʼtirof etildi.

Barchaga maʼlumki, 2021-yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida senator va deputatlar, keng jamoatchilik, xalq bilan maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini oʻrganib, puxta oʻylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlagan edi.

Oradan bir yarim yilga yaqin vaqt oʻtdi. Mazkur muddat davomida Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.

 Mutasaddilar tomonidan “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi, call-markaz, pochta, jumladan, elektron pochta hamda telegram maxsus boti orqali taklif va mulohazalar yuborish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga bagʻishlangan targʻibot tadbirida soʻzga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga toʻxtalar ekan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilash, ijtimoiy muammolarni adolatli hal etish, ayniqsa, insonni eʼzozlash, uning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada ham jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʻyishni maqsad qilingani aytib oʻtildi.

Jumladan, Bosh qomusimizda hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda bozor qiymatida qoplanishi kafolatlanmoqda.

Shu bilan birga, har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish huquqi mustahkamlanmoqda.

Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini taʼminlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.

 Tadbir ishtirokchilari Bosh Qonunimizda har bir shaxs oʻz himoyasi va manfaatini koʻrayotganligini aytib, uning mamlakatimiz izchil rivojlanishida tarixiy ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026