KONSTITUTsIYaVIY QONUN LOYIHASI TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Yurtimizda "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Tuman Davlat Soliq inspektsiyasida ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasi tarğibotiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Inspektsiya xodimlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişlar, uning mazmun-mohiyati xususida söz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy loyihada inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlatning oliy maqsadi etib belgilanmoqda. Inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oşmoqda. Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanişi qatʼiy talab qilib belgilanmoqda. Özbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda uşbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etilişi va kafolatlanişi qayd etilmoqda.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy taʼsir çoralari mutanosiblik printsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerakligi mustahkamlanmoqda.
Yiğilişda har bir xodim xalqimizga konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazişda faollik körsatişlari zarurligi tuşuntirildi va bölib ötadigan referendumda qatnaşib, öz fuqarolik burçini bajarişga daʼvat etildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶