AHOLINING DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISh IMKONIYaTLARI KENGAYMOQDA
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish – aholining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida inson omilini minimallashtirish, byurokratik jarayonlarni qisqartirish, xizmatdan foydalanuvchilarning vaqti va xarajatlarini kamaytirish hamda maʼmuriy tartib-taomillarning shaffofligi va ochiqligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladigan boʻldi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan davlat siyosatida mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xizmatdan foydalanuvchilarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.
Umida Saparbayeva,
tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶