15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:16
Jamiyat 👁 198

“AYoLI ULUGʻGANGAN YuRT” NOMLI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

“AYoLI ULUGʻGANGAN YuRT” NOMLI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal qilish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarga, yangilanishlarga daxldorlik hissini oshirishga ulkan eʼtibor qaratilayotir.

Sohada hali yechimini kutayotgan muammolar ham mavjudligi bu boradagi ishlarni yanada jonlantirishni taqozo etmoqda. Boisi oʻz yashash manziliga ega boʻlmagan ayollar, ehtiyojmand ayollar hali bor. Ularning ham yaxshi daromad topib, farovon yashashiga erishish uchun bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish juda muhim.

Shu yilning 25-martida tuman Madaniyat markazida “Ayoli ulugʻlangan yurt” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham bu boradagi ezgu ishlarni yanada jonlantirishga qaratildi.

Tuman hokimligi, Ichki ishlar boʻlimi, Madaniyat va turizm boʻlimi hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu tadbirga ovul va mahallalarda  faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, yetakchilar, nuroniy onaxonlar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova ochdi va tumanimiz hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim olishi, muayyan kasbiy koʻnikmani egallashi, bandligini taʼminlashga koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼruza qildi.

Taʼkidlanishicha, 2022-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj 3810 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va 3803 nafariga yordamlar berilib, oilalari iqtisodi yaxshilanishiga erishilgan. 300 nafar ayol-qizlar mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatga olib borilgan, kamdaromadli oilalarning 16 nafar talaba ayol-qizlarining toʻlov kontrakt pullari qoplab berilgan, 218 nafar nogironligi boʻlgan ayol-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan, 116 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 113 tasi jamoatchilik aralashuvi bilan yarashtirilgan, bilib bilmay jinoyat koʻchasiga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar tuman hokimligining xotin-qizlar boʻlimi kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolinib, sogʻlom turmush tarziga qaytarilgan.

Ishtirokchilarga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva mavzuga doir psixologik seminar-trening oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Xolimbeg ovulidagi 35-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Barno Samandarova yurtimizda yoshlarga ilm olishi, oʻz iqtidorlarini namoyon etishi, salohiyatlarini yuksaltirishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida toʻlqinlashib gapirdi, erishgan yutuqlariga ana shu sharoitlar mustahkam asos boʻlganini taʼkidladi.

Tadbirda tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Nilufar Jumaniyozova barcha ayol-qizlarni Navroʻz bayrami bilan qutlab, yangilanayotgan Konstitutsiyaning har bir moddasi hayotiy tajribalarga asoslangani va hal qilinishi kerak boʻlgan muammolarning yechimi sifatida loyihada oʻz aksini topganligini taʼkidladi va Referendumda faollik bilan ovoz berishga chaqirdi.

Tadbir soʻngida tuman Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Ayolni, tinchlikni, ona yurtni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019