BAHORNI MADH ETUVChI INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI
“Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” mavzusidagi grant loyihasi doirasida nogironligi boʻlgan yoshlarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularni “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarga keng jalb qilish hamda nogironligi boʻlgan yoshlar orasida “Besh muhim tashabbus” tamoyillarini joriy etish orqali ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltirishga koʻmaklashish maqsadida “Bahor – yasharish va yangilanish fasli” mavzusida insholar tanlovini eʼlon qilgan edi.
Nogironligi boʻlgan yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish va isteʼdodlarini yuzaga chiqarish niyatida tashkil etilgan mazkur tanlovda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan yoshlar oʻz ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etishdi.
Tanlovga havola etilgan insholar tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan ochiqlik va shaffoflik asosida adabiy-badiiy talablar asosida oʻrganib chiqilib, mazmunan boy, uslubiy jihatdan tanlov talablariga mos keladigan insholar tanlab olindi.
Unga koʻra, 40-sonli maktab oʻquvchisi Baxtigul Abdurahmanova yozgan insho 3-oʻringa, 36-sonli maktab oʻquvchisi Ruxshona Toʻrayevaning inshosi 2-oʻringa, 83-sonli maktab oʻquvchisi Kumushoy Qozoqova yozgan insho faxrli 1-oʻringa munosib koʻrildi.
Bahor faslini biri-biridan goʻzal his-tuygʻulari orqali joʻshqinlik bilan tasvirlab, oʻz fikrlari bilan boshqalarning qalblariga ham joʻshqin kayfiyat ulashishga intilib, ona Vatanimizning bagʻrini yashnatib yuborgan bahor obrazini mahorat bilan goʻzal satrlar ila chizib bergan gʻolib oʻquvchilar “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan taqdirlandilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶