17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:59
Jamiyat 👁 260

Amir Temur nomli ovulda Navroʻz sayli oʻtkazildi

Amir Temur nomli ovulda Navroʻz sayli oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida” qabul qilgan qarorida Navroʻzi olamning falsafasida mujassam boʻlgan yaxshilik va bagʻrikenglik, ahillik, hamjihatlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni, ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan qadimiy urf-odat va anʼanalar, qadriyatlarimizni aholi, xususan yoshlarga keng targʻib etish maqsadida bayramni umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda oʻtkazish belgilangan. Bundan koʻzlangan maqsad yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, doʻstlik, birodarlik tuygʻularini mustahkamlash, xalqimiz, yosh avlod qalbida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishdir.

Tumanimizning barcha ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Navroʻz bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi. Bahoriy yangilanish va bunyodkorlik ruhini, ona zaminga mehr, eʼtibor, inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni ifoda etadigan, kishilarni bugungi tinch hayotni qadrlab, ezgu orzu-umidlar bilan yashashga undaydigan bunday maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar barchada yorqin taassurotlar qoldirdi.

Shu yilning 22-mart kuni tumanimizning Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan Amir Temur ovulida ham “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim” degan gʻoya singdirilgan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Ovul fuqarolar yigʻini binosi oldi bayramona bezatilib, dasturxonga Navroʻz taomlari sumalak, koʻksomsa, goʻja, palov, chelpak va ovulning chevar pazanda qizlari tayyorlagan bahoriy neʼmatlar tortildi. Tadbirga tashrif buyurgan turli millatga mansub ovul nuroniylari muʼtabar otaxonlar, onaxonlar va barcha aholi shoʻx musiqa sadolari ostida kutib olindi.

Navroʻz sayliga tashrif buyurgan tuman hokimi birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev barchani qutlugʻ ayyom bilan tabrikladi, ovul mehnatkashlarining bahorgi ekin-tikin ishlariga baraka tiladi. Ovul keksalarining qutlovlaridan soʻng haqiqiy sayil – oʻyin-kulgular boshlandi. Shu ovul farzandi Rashid Rahimovning goh oʻzbekcha, goh turkmancha, goh qozoqcha qoʻshiqlariga ovulda bir ota-ona farzandlariday ahil-inoq yashab kelayotgan turli millat vakillari yayrab raqsga tushdilar.

Shunisi eʼtiborliki, ushbu hudud tumanimizning boshqa ovul va maxallalaridan koʻpmillatliligi bilan ajralib turadi. Ularning urf-odatlari turlicha boʻlsa-da, quvonchi bir, bir-birining tashvishiga yelkadosh.

Navroʻzi olam saylida ham ovul aholisining koʻngillari-koʻngillariga hamroz ekanligi yaqqol koʻrindi. Oʻyin-kulgulardan soʻng tomosha kurash, arqon tortishish, qoʻchqor, it urishtirish kabi koʻngilochar qadimiy oʻyinlar bilan davom etdi. Sayilni tashkillashtirishga bosh boʻlgan ovul fermerlari ushbu musobaqalar sovrini uchun 3 ta oʻjak, 8 ta echki qoʻydilar va gʻoliblarga topshirdilar.

Navroʻzi olam sayli ovul aholisiga koʻtarinki bahoriy kayfiyat ulashdi va qadimiy bayramimizga hurmatini oshirdi, “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim” degan ezgu tilak har koʻngilda jarang sochdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026