22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:52
Jamiyat 👁 244

BEShOVULLIKLAR NAVROʻZ BAYRAMINI KOʻTARINKI RUHDA NIShONLAShDI

BEShOVULLIKLAR NAVROʻZ BAYRAMINI KOʻTARINKI RUHDA NIShONLAShDI

Yurtimiz boʻylab oʻtkazilgan Navroʻz tantanalari xalqimizga bahoriy va koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi. Ayyom munosabati bilan tumanimizning barcha hududlarida, ovul va mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona-tashkilotlarda kontsert dasturlari, sayillar va sport musobaqalari oʻtkazildi.

Navroʻz bayrami munosabati bilan Beshovul mahallasida ham katta sayil boʻlib oʻtdi. Mahalla hududidagi fermerlar homiyligida fuqarolar yigʻini tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirga yoshi ulugʻlardan tortib, kichik yoshdagi bolalargacha tashrif buyurishdi.

Mahalladagi 37-sonli maktabning sport maydonchasida oʻtkazilgan bayram tadbirini fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi Sherzod Toʻrayev ochib berdi va mahalla aholisini bayram bilan tabrikladi. U oʻz soʻzida hududni rivojlantirish, aholiga farovon turmush tarzini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi. Shuningdek, mahallada bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ham soʻzladi.

Fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan Keksalar guruhi aʼzosi, qishloq xoʻjaligi sohasida uzoq yillar faoliyat koʻrsatgan nuroniy otaxon Farhod ota Iskandarov ham mahalladoshlarni bayram bilan qutlab, Navroʻz bayrami munosabati bilan faxriylar, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Mehr daftari»ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlari ham tashkil etilganini taʼkidladi. Bemorlar, yakka-yolgʻiz yashovchilar xonadonlarida obodonlashtirish, tomorqadagi ekish ishlariga koʻmaklashilgani, mahallada birdamlikda pishirilgan sumalaklar tarqatilgani, bayramni munosib kutib olishga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilganini aytib oʻtdi.

Bayram saylida Qilichboy madaniyat markazi xodimlari va havaskorlari, 37-sonli maktab oʻquvchilari va mahalla hududidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida ijro etilgan bahor, Navroʻz, Vatan haqidagi kuy va qoʻshiqlar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, yor-yor va laparlar, kelinsalom, ona allasi, qiz uzatish kabi milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna koʻrinishlari ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Shuningdek, oʻyingohda turli sport musobaqalari ham tashkil etildi. Mahallaning sportchi yoshlari tosh koʻtarish, kuch sinashish, arqon tortish musobaqalarida faol qatnashishdi. Ayniqsa, sunʼiy qoplamali sport maydonchasida boʻlib oʻtgan futbol musobaqasidagi oʻyinlar juda qizgʻin kechdi. Bolajonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan varrak uchirish musobaqasi ham sayilning fayzli oʻtishini taʼminladi.

Tadbir davomida yoshi ulugʻ nuroniylarga, sport musobaqalari gʻoliblari va fermer xoʻjaliklarining ilgʻor ishchilariga bayram sovgʻalari topshirildi.

Bayram sayliga tashrif buyurgan mehmonlar dasturxonlarga tortilgan bahoriy taomlar, sumalaklar va boshqa turli noz-neʼmatlardan bahramand boʻldilar. Ularga milliy taomimiz osh ham tortildi.

Mahallada oʻtkazilgan Navroʻz bayrami tantanalari beshovulliklarga koʻtarinki ruh baxsh etib, katta taassurotlar qoldirdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026