“XAVFSIZ HAYoT UÇUN!” ŞIORI OSTIDA VELOMARAFON ÖTKAZILDI
Dunyoning turli burçaklarida uruş-nizolar, davlatlararo munosabatlarda ziddiyatlar kuçayayotgan bugungi kunda yoşlarning ong-şuurini, tafakkurini töğri şakllantiriş, ularni ham ruhan, ham jismonan barkamol qilib voyaga yetkaziş dolzarb vazifaga aylangan. Çunki kelajak – yoşlarniki. Ularni öz Vataniga sodiq, ota-onasi, oilasi, çor-atrofidagi odamlarga mehrli, el xizmatiga kamarbasta, fidoyi qilib voyaga yetkaziş – yurtimiz tinç-osuda, obod, farovon bölişini taʼminlaydi.
Ilmli, intiluvçan, yurtiga xizmat qilişga şay avlodni voyaga yetkazişda, ularni yot ğoyalardan, illatlardan asraşda soğlom turmuş tarzining örni alohidadir. Soğlom turmuş tarzi jismoniy faollik bilan uzviy boğliq.
Şularni inobatga olgan holda Amudaryo tumani hokimligi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi Içki işlar bölimi va tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi hamkorligida “Xavfsiz hayot uçun!” şiori ostida velomarafon ötkazildi.
Aslini olganda bahor faslining ajib tarovati, ona zamin bağridan maysalarning unib çiqiş-yu çor-atrofimizni qurşagan dov-daraxtlarning yaşil libos kiyib, tabiatning özgaça körkamlik kaşf etişi kişi köngliga ajib bir masrurlik baxş etadi, har bir kuni qutluğ kunday, bayramday taassurot uyğotadi odamda.
Ana şunday şukuhli damlarda tumanimizning barça ovul va mahallalaridan kelgan 700 nafardan ortiq yoşlarni, ösmirlarni birlaştirgan velomarafon ham haqiqiy şodiyonaga aylanib ketdi. Bir safga tizilgan musobaqa iştirokçilarini tuman Içki işlar bölimi boşliği Jaloladdin Yusupov, yöl harakati xavfsizligi bölimi boşliği Murat Mirzamuratov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodovlar ğoliblik uçun kuç sinaşişga kelganliklari bilan qutladi.
“Xavfsiz hayot uçun” şiori ostida soğlom turmuş tarzi tamoyillari asosida jismoniy barkamolligini namoyiş etişga çoğlangan velosport işqibozlariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Musobaqaga start berilişi yoşlarning şodon qiyqiriqlari bilan olqişlandi. Velomarafonçilar Örta qalʼa ovulining “Vaxum” aholi punktidan Döstlik mahallasi hududiga – tuman hokimligi binosigaça bölgan yölda ğoliblik uçun özaro bellaşdilar.
Eng çaqqon, eng intiluvçan velosipedçilarning marra çiziğiga yetib kelişi qarsaklar bilan olqişlandi.
Velomarafon ğoliblari şu yerning özida taqdirlandi. Ularni tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, Içki işlar bölimi boşliği Jamoladdin Yusupovlar qizğin qutladilar va barça iştirokçilarga ham minnatdorçilik bildirdilar.
Velomarafon ğoliblariga musobaqa taşkilotçilarining qimmatbaho sovğalari topşirildi.
“Xavfsiz hayot uçun!” Uşbu şiorning özi barça iştirokçilarga kötarinki kayfiyat va motivatsiya berdi, soğlom, xavfsiz hayot keçirişga rağbatlantirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶