SAYYoR SUDDA PROBATsIYa HISOBIDAGI 7 NAFAR ŞAXS MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI
Durunki mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan sayyor sud ötkazildi.
Sayyor sudda Jinoyat işlari böyiça tuman Amudaryo tuman sudi, Prokuratura, Içki işlar organlari Probatsiya guruhi masʼullari qatnaşişdi. Uşbu sayyor sud majlisida muayyan huquqdan mahrum qiliş, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş jazolariga sud tomonidan hukm qilingan mahkumlarni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi talablari asosida jazoni ötaşdan muddatidan ilgari ozod qiliş töğrisidagi 7 ta taqdimnomalar körib çiqildi. Natijada, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bölgan va jazo ötaşning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzaliş yöliga ötgan 7 nafar mahkum Jinoyat Kodeksining insonparvarlik va odillik tamoyillariga asosan jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Sudda işi körilayotgan mahkumlarning barçasi tuman fuqarosi ekanligi, ular Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga köra jazoga tortilgani, hozirgi kunda belgilangan jazoning maʼlum qismini ötagani töğrisida maʼlumot berildi. Maʼlum bölişiça, uşbu mahkumlarning 1 nafari Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-, 169-moddalariga köra jazoga tortilgan. U savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi masʼuliyati çeklangan jamiyatlaridan biriga işçi sifatida qabul qilingan va hozirgi kunga qadar işlab kelmoqda. Mahkum jazoni ötaş tartib va qoidalariga töliq amal qilmoqda. Şu sababli uning axloq tuzatiş işlari jazosining ötalmagan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqişlik uçun sudga taqdimnoma kiritilgan.
Undan taşqari, Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan 1-yil muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosiga sudlangan yana bir şaxs ham oilaviy korxonaga işçi bölib qabul qilingani, hozirgi kunga qadar işlab kelayotgani, jazoni ötaş davrida özining jinoiy qilmişlarini töliq anglab yetib, tuzaliş yöliga qatiy ötgani, belgilangan tartiblariga amal qilayotgani sababli muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqiş uçun sudga taqdimnoma yuborilgan. Şuningdek, Kodeksning 105-moddasi bilan 3-yildan ziyod muddatga, 128-moddasi bilan 1-yil muddatga, 266-moddasi bilan 3-yil muddatga, 211-moddasi bilan 2-yil muddatga, 118-moddasi bilan 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boşqa mahkumlarni ham Probatsiya nazorati davomida munosib xulq-atvorda bölganligi sababli muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasini körib çiqişlik uçun sudga taqdimnoma kiritilgan.
Sud işi davomida mahkumlarga tegişli hujjatlar birma-bir örganildi, tomonlarning körsatmalari tinglanib, bir xulosaga kelindi. Jazo ötaş tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargan va mehnatga halol munosabatda bölganligi uçun 7 nafar mahkum ötalmagan jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Özlariga tegişli xulosalar çiqarib olgan uşbu şaxslarga zimmalaridagi majburiyatlar yana bir bor tuşuntirildi. Jazodan ozod qilinganlar jinoyatining oqibatlarini töla anglab yetganligini, tuzaliş yöliga ötganligini, endilikda özlariga berilgan bu imkoniyatdan oqilona foydalanişini aytib, davlatimizga va masʼullarga minnatdorçilik bildirişdi.
Bu kabi tadbirlar pofilaktik işlar samaradorligini oşirib, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinişini taʼminlaydi.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.
R. Iskandarov, tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶