IŞÇI GURUH “YaŞIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OŞIRILAYoTGAN IŞLAR BILAN TANIŞDI
2021-yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşiriş, mazkur loyiha doirasida mamlakat böyiça yiliga 200 million tup daraxtlar va butalar köçatlarini ekiş belgilangan edi. Loyihadan közlangan maqsad respublika hududida yaşil maydonlar hududini köpaytirişdir. Loyihani amalga oşiriş böyiça qabul qilingan “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jonlantiriş, daraxtlar muhozafasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni esa daraxtlarni ekiş va parvariş qiliş sohasidagi, hududlarning tuproq-iqlim va boşqa xususiyatlarini aniqlaşga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni ötkaziş şu asosda ekiladigan köçatlarni tanlaş, köçatxonalarni köpaytiriş sohasidagi vazifalar belgilab berilgan.
Amudaryo tumanida ham loyiha doirasida hududimiz iqlim şaroitiga mos mevali va manzarali daraxtlar köçatlari, gul va butalar köçatlari ekiş, parvarişlar borasida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qaroriga asosan 2022-yil kuz mavsumida loyiha doirasidagi köçat ekiş işlariga jami 500 million söm pul mablaği ajratilgan. Tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan 320 million, tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli muassasalar tomonidan 100 million, tuman Maktabgaça bölim tomonidan 80 million sömlik köçatlar ekilgan.
Şuningdek, joriy yilning bahorida tumanimiz hududiga 770 ming dona mevali va manzarali daraxtlar, butalar, gullar köçatlarini ekiş rejaştirilgan. Şuning 8 ming tupi umumfoydalanişdagi yöllar böylariga, 48 ming tupi qişloq xöjaligi yerlarida ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarga, 210 ming tupi fermer xöjaliklarining ekin maydonlari çetlariga, qolganlari taʼlim, soğliqni saqlaş va boşqada muassasalar, idoralar atroflariga ekilişi belgilangan.
Bu boradagi işlarning borişi bilan tanişiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida tuzilgan işçi guruh tumanimizga taşrif buyurdi.
Işçi guruh aʼzolari dastlab tumandagi umumfoydalanişdagi yöllar çetlariga, korxona-taşkilotlar hududlariga ekilgan mevali, manzarali daraxtlarning ösişi, muhofaza qilinişi, suğoriş tizimlarining yölga qöyilişi ahvoli bilan tanişdilar.
Keyingi manzil Qipçoq davlat örmon xöjaligida bunyod etilayotgan yaşil maydonlar böldi. Işçi guruh aʼzolari xöjalikda ötgan yillarda ekilgan daraxtlar köçatlarining holati bilan tanişdilar. Keyin xöjalik köçatxonasida köçat yetiştiriş işlarining borişi bilan qiziqdilar.
Eʼtirof etiş joizki, mazkur xöjalikda tumanimizda yaşil maydonlarni köpaytiriş uçun oçiq va issiqxona şaroitida köçat yetiştiriş yölga qöyilgan. Jiyda, tut, terak, qayroğoç, arça va boşqada köpgina daraxtlarning hamda köpyillik gullarning köçatlari mazkur xöjalik köçatxonalarida yetiştirilayapti.
Hozirgi kunda tumanimiz hududida iqlim şaroitimizga mos virgin arçasi, şarq tuyasi, yapon saforasi, katalpa, şumtol, jiyda, tut, zarang, akatsiya, terak, yonğoq, uzum qalamçalarini ekiş işlari boşlanib ketdi.
Işçi guruh aʼzolari tumanimizda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶