Raqamli makonda kiberxavfsizlik va axborot himoyasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanişi natijasida jamiyatning deyarli barça sohalari raqamlaştirilmoqda. Davlat boşqaruvi, bank tizimi, taʼlim, soğliqni saqlaş va boşqa muhim tarmoqlarda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilişi maʼlumotlar almaşinuvi hajmining ortişiga olib keldi.
Bunday şaroitda axborot resurslarini himoya qiliş va kiberxavfsizlikni taʼminlaş dolzarb masalalardan biriga aylandi. Çunki axborotning yöqolişi, öğirlanişi yoki ruxsatsiz foydalanilişi nafaqat alohida şaxslar, balki taşkilotlar va davlatlar uçun ham jiddiy zarar keltirişi mumkin.
Kiberxavfsizlik deganda kompyuter tizimlari, tarmoqlar va maʼlumotlarni turli kiberhujumlardan himoya qilişga qaratilgan çora-tadbirlar majmui tuşuniladi. Axborot xavfsizligi esa axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va foydalaniş imkoniyatini saqlaşga xizmat qiladi. Uşbu ikki tuşunça özaro çambarças boğliq bölib, zamonaviy axborot makonining xavfsizligini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Bugungi kunda kiberjinoyatçilikning turli körinişlari keng tarqalmoqda. Xakerlik hujumlari, zararli dasturlar, fişing usullari, şaxsiy maʼlumotlarni öğirlaş va firibgarlik holatlari eng köp uçraydigan tahdidlar hisoblanadi. Ayniqsa, internet foydalanuvçilarining şaxsiy maʼlumotlari va bank kartalariga oid maʼlumotlarni qölga kiritişga qaratilgan hujumlar soni ortib bormoqda. Bu esa nafaqat moddiy zarar, balki foydalanuvçilarning axborot tizimlariga bölgan işonçining pasayişiga ham sabab böladi.
Kiberxavfsizlikni taʼminlaşdagi asosiy muammolardan biri inson omili hisoblanadi. Köplab xavfsizlik hodisalari foydalanuvçilarning ehtiyotsizligi yoki axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida yuzaga keladi.
Masalan, sodda parollardan foydalaniş, nomaʼlum havolalarni oçiş yoki şubhali fayllarni yuklab oliş kiberhujumlar uçun qulay şaroit yaratadi. Şu sababli axborot xavfsizligi böyiça bilim va könikmalarni oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Yana bir muammo axborot texnologiyalarining tez surʼatlarda rivojlanişi bilan boğliq. Yangi texnologiyalar paydo bölişi bilan bir qatorda yangi xavf va tahdidlar ham yuzaga kelmoqda. Sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar va “buyumlar interneti” kabi zamonaviy yeçimlar köplab qulayliklar yaratişi bilan birga, xavfsizlik masalalariga yangiça yondaşuvni talab etmoqda.
Mutaxassislar tomonidan himoya tizimlarini muntazam yangilab boriş zarurati ham şundan kelib çiqadi. Kiberxavfsizlikni taʼminlaş uçun kompleks yondaşuv talab etiladi. Avvalo, zamonaviy antivirus dasturlari va himoya vositalaridan foydalaniş, murakkab parollar yaratiş hamda maʼlumotlarni zaxiralaş muhimdir. Bundan taşqari, taşkilotlarda axborot xavfsizligi siyosatini işlab çiqiş va xodimlarning raqamli savodxonligini oşiriş zarur. Davlat miqyosida esa kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş muhim vazifa hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanişini taʼminlovçi muhim omillardan biridir. Raqamli texnologiyalar hayotimizga tobora çuqur kirib borayotgan bir paytda axborotni himoya qiliş, kiberxavflarning oldini oliş va foydalanuvçilarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Faqatgina texnik vositalar emas, balki har bir foydalanuvçining masʼuliyatli yondaşuvi ham kiberxavfsizlikni taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega.
Gözaloy Bozorboyeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶