22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:52
Jamiyat 👁 131

YaNGI KITOBLARNI OʻQING

 YaNGI KITOBLARNI OʻQING

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlarini ommaga tanishtirish, ularni turli zararli illatlardan ishonchli himoya qilishda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Turli loyihalar doirasida  bolalar va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida tashkilotimiz qoshida 10 ming dona kitob jamgʻarmasiga ega kutubxona tashkil etildi.

Hozirgi kunda kutubxonamizning aʼzolari boʻlgan maktab oʻquvchilari, yoshlar, katta yoshdagi fuqarolar kutubxonamizdan turli janrlardagi kitoblarni olib oʻqib, ulkan hayot sirlaridan bahramand boʻlmoqdalar.

Kutubxonaning kitob jamgʻarmasini kengaytirish ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Bu ishlarda  “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati homiylik qilmoqda.

Yaqinda kutubxonamizga 253 dona yangi badiiy kitoblar olib kelindi. Olib kelingan chet el mualliflari qalamiga mansub adabiyotlar, oʻzbek adabiyotining dargʻalari tomonidan bitilgan nazm va sheʼriyat durdonalari, mumtoz adabiyot namunalari, detektiv qissalar hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi, albatta.

Mamlakatimizdagi taniqli noshirlarning beminnat xizmatlari tufayli tumanimiz kitobxonlariga yaxshi tanish boʻlgan mashhur chet el yozuvchilaridan Gi De Mopassan, Artur Konan Doyl, Jeyms Xedli Cheyz, Deyl Karnegi, Ernest Xeminguey, oʻzbek adabiyoti namoyondalaridan Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, Odil Yoqubov, Asqad Muxtor, Pirimqul Qodirov asarlari kutubxonamizning kitoblar javonidan oʻrin oldi.

Halima Xudoyberdiyevaning 4-jildlik saylanma toʻplami  sheʼriyat ixlosmandlari uchun ulkan sovgʻa boʻldi.

Bundan tashqari, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur, Bobur Bobomurod va boshqa shoirlarning yangi sheʼriy toʻplamlari ham kitobxonlarimizni befarq qoldirmaydi, deb ishonamiz.

Kutubxonamizning mumtoz adabiyotlar javoni ham yangi, kamyob adabiyotlar bilan boyidi.

Shuningdek, “Urush koʻrgan yozuvchilar” turkumidan Qoʻchqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha”, “Daryo ortidagi yigʻi” asarlari har bir oʻquvchini oʻziga tortadi. Bu kitoblarda Afgʻoniston tuprogʻida boʻlib oʻtgan urushlarda yurtdoshlarimizning  boshidan kechirgan jangovar hayot yoʻli ishonchli tarzda hikoya qilingan.

Aynan shu mavzudagi “Afgʻon shamoli” deb nomlangan 12 ta toʻplam ham biri-biridan qiziqarli voqealarga boy.

Qiziqarli kitoblarni olib oʻqishga qiziqsangiz, kutubxonamizga keling.

Maʼnaviyat durdonalari boʻlgan adabiyotlar bilan tanishib, bahra oling.

Oʻrozali REYIMOV,

“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026