FIDOYI PROFILAKTIKA INSPEKTORI
Navoiy mahallasidagi profilaktika katta inspektori Alişer Xudoyberganov fuqarolar yiğini masʼullari bilan hamkorlikda hududda yaşovçi, huquqbuzarlik sodir etiş ehtimoli bölgan fuqarolarning turmuş tarzini, mavjud muammolarni örganib kelmoqda.
Alişer Qangli ovulidagi 29-sonli maktabni tugatgan. 2013-2014-yillarda Surxondaryo viloyati Termiz şahrida bir yillik muddatli harbiy xizmatni ötab, 2014-yilda Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga öqişga kirdi. Akademiyada fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlaş borasida çuqur bilimlarni özlaştirib, 2018-yilda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi böyiça yurist kvalifikatsiyasiga ega böldi.
Mahallaning profilaktika inspektori huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşirişda tegişli idoralar bilan hamkorlik qilib, zarur paytlarda aholiga huquqiy, ijtimoiy, psixologik va boşqa turdagi yordam körsatib, huquqbuzarlik sodir etiş ehtimoli bölganlar örtasida jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda.
Mahalla raisi, hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi bilan birgalikda taşkil etilayotgan bu kabi tarğibot tadbirlariga mahalladagi 733 ta xonadonda istiqomat qiluvçi 4429 nafar aholining barçasi qamrab olinmoqda.
Inspektor iştirokida ötkazilib kelinayotgan “Xavfsiz tun”, “Payhon”, “Turmuş”, “Xavfsiz hudud” tadbirlari aholi osoyiştaligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda.
Körilgan çora-tadbirlar tufayli mahalla hududida osoyiştalik, uyuşmagan yoşlar va ösmir yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgan turli köngiloçar tadbirlar aholi maʼnaviyatini yuksaltiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni sportga, sanʼat va kasb-hunar örganişga, tadbirkorlik bilan şuğullanişga jalb etiş imkonini bermoqda.
Biz esa mahalla osoyiştaligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş borasida samarali mehnat qilib kelayotgan A.Xudoyberganovning iş faoliyatiga zafarlar tilaymiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶