17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:25
Jamiyat 👁 174

Ehtiyotsizlik oqibatida...

Ehtiyotsizlik oqibatida...

Biz uchun berilgan bebaho neʼmat hisoblanmish hayotimizga avvalo, oʻzimiz javobgarmiz. Ozgina eʼtiborsizlik yoki ehtiyotsizlik oqibatida hayotimiz katta xavf ostida qolishi mumkin.

Amudaryo tumanining Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi oilaning hayoti ham aynan eʼtiborsizlik oqibatida xavf ostida qoldi.

2023-yil 18-fevral kuni Yangibod mahallasida istiqomat qiluvchi er-xotinning uyiga yaqin qarindoshlari hamda turmushga chiqqan qizi 2 nafar farzandi bilan mehmonga kelishadi.

Kechki payt mehmonlarga ovqat pishirish taraddudi koʻriladi. Lekin, gaz bosimi meʼyyoridan pastligi sababli xonadon egalari suyultirilgan gaz balonidan foydalanadilar. Ammo, ovqat pishgandan soʻng, ular gaz balonining joʻmragini mahkam yopishni unutishadi. Kechki ovqatdan keyin mehmonlar uy-uylariga tarqalishadi.

Oilaning mehmonga kelgan qizi ertasi kuni ertalab turmush oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilib, farzandlari tinmay yigʻlayotganini hamda tezda kelib uyiga olib ketishini iltimos qiladi. Turmush oʻrtogʻi kirakashlik qilish uchun ketayotgan ukasiga yangasini va jiyanlarini olib kelishini topshiradi.

Qayin uka soat 7:40lar atrofida yangasining uyiga boradi. U eshikni ochgan paytida yangasining dadasi, arang yurib kelayotganini, onasi va farzandlari karaxt holatda devorga suyangancha oʻtirganiga guvoh boʻladi. Bundan qattiq qoʻrqib ketgan qayin uka tezda uyiga qaytib, akasiga qaynotasining mast ekanligini, yangasini olib kelishi uchun oʻzi borishi lozimligini aytadi.

Qizning turmush oʻrtogʻi soat 8lar chamasida qaynotasi va qaynonasining uyiga borganda haqiqiy ahvolni koʻradi. U zudlik bilan tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qiladi. Tez yordam mashinasi yetib kelgach, jabirlanuvchilarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib boriladi.

U yerda bemorlarning oʻpkalariga yetarlicha kislorod yuborilib, muolajalar qilinadi. Hozirgi kunda ushbu oilaning barcha azolari sogʻ-salomat.

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari xonadondagi gaz plitalar, moʻrilar barchasi texnik talablarga toʻla javob berishini, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari esa pishirilgan ovqat tarkibini lobaratoriya tekshiruvdan oʻtkazib, mutlaqo havfsiz ekanligini aniqladilar.

Tegishli tekshiruvlar gaz balondan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida oila aʼzolari is gazidan zaharlanganini koʻrsatdi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, is gazi hidsiz gaz boʻlganligi uchun zaharlanish vaqtida inson hech narsa sezmasligi mumkin. Is gazidan zaharlanganda mushaklarda ogʻriq, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, quloqlarda shovqin, qayt qilish, alahsirash, hushdan ketish va falajlanish kuzatiladi. Bu holatda birinchi navbatda tez yordamga qoʻngʻiroq qilish zarur. Zaharlangan insonni oʻsha hududdan toza havoga olib chiqish va siqib turgan kiyimlarini yumshatish kerak. Bemorni yotqizish va novshadil spirti hidlatish kerak. Yengil zaharlanish holatlarida yelpib turish, choy yoki qahva berish zarur.

Shu oʻrinda barcha yurtdoshlarimizga aytmoqchimizki, hayot deb atalmish bebaho neʼmatni asrab-avaylang. Ehtiyotsizlik oqibatida oʻzingizning va yaqinlaringizning hayotini xavf-xatarga qoʻymang. Gaz uskunalari va jihozlaridan toʻgʻri foydalanish qoidariga rioya qiling!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026