TANLOV ĞOLIBLARI ANIQLANDI
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan “Obod mahallam” nomli grant loyihasining iş rejasi asosida turli tadbirlar, uçraşuvlar, tanlovlar ötkazilib kelinmoqda.
Mazkur loyihaning maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari buzilişining oldini oliş, uni aniqlaş va unga çek qöyişga, tabiatni muhofaza qiliş faoliyati samaradorligini oşirişga hissa qöşiş maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning özini özi boşlariş organlari nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşiriş, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytiriş maqsadida uçraşuvlar, davra suhbatlar, tanlovlar taşkil qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişdan iborat.
Şuningdek, loyihaning iş rejasi böyiça “Yaşil makon” umummilliy dasturi doirasida Tölqin ovulida 70 sotix yerda, Bobur, Qumyop, Çoyköl ovullarining har birida 20 sotix yerda, Qiliçboy ovulida 10 sotix yerda, Farovon mahallasida 5 sotix yerda “Mahalla boği”ni yaratiş közda tutilgan.
Uşbu ezgu işlarga yoşlar, maktab öquvçilarini ham jalb qiliş maqsadida hududlardagi maktab öquvçilari örtasida inşolar tanlovlari ötkazilib kelinmoqda.
Bundan közlangan maqsad esa maktab öquvçilarining ona tabiat, ösimliklar va hayvonot olami haqidagi bilimlarini öziga xos tarzda sinovdan ötkaziş, ularning orzu umidlarini, intilişlarini ommaga taniştirişdir.
Aholi, ayniqsa yoşlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş, tabiiy resurslarni tejaşga daʼvat qiliş, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oşiriş maqsadida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda Qiliçboy hududidagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida “Köçat ekiş – ezgu anʼana” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Tanlovda hududdagi 14 ta umumtaʼlim maktablaridan kelgan tabiatsevar, ijodkor öquvçilar iştirok etdilar.
Tanlov iştirokçilari tabiat, ösimliklar va ularni avaylab asraş borasida çuqur bilimlarga ega ekanliklarini namoyiş qildilar.
Tanlov yakuniga köra, 17-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Marjona Egamberganova “Mavzuga oid eng yorqin fikrlari uçun” 1-öringa, 73-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Komila Gulimmatova “Eng yaxşi tahliliy fikrlari uçun” 2-öringa, 83-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Ozoda Rajabboyeva “Eng yaxşi, samimiy fikrlari uçun” 3-öringa munosib deb topildi.
Şuningdek, 35-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Gulasal Xolimbetova, 84-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Mardona Raximboyeva, 15-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Munisa Imomaddinovalar “Şaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uçun” sovrindorlar safidan joy oldilar.
Ğolib va sovrindorlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan sovğalar va Maqtov yorliqlari topşirildi. Bölinma boşliği Bahodir Boltaboyev ğolib va sovrindorlarni tabriklab öqiş va ona tabiatni asraş kabi ezgu işlarida yutuqlar tiladi.
Örozali Reyimov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶