MAKTABGAChA TAʼLIM SIFATI – DAVR TALABI
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim mazmunini oʻziga xos uslubiy hamda pedagogik-psixologik tajribalar asosida boyitib borish davr talabiga aylandi. Chunki maktabgacha taʼlim mazmuni keng tushuncha boʻlib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha taʼlim tashkilotining hayoti, tarbiyachining taʼlim jarayonidagi ishtirokida yuzaga keladi.
Bizning 5- sonli MTTda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturi asosida ish olib boriladi. Bu dastur boʻyicha tashkilot uslubchisi G.Yoʻldosheva tushuntirish ishlari olib boradi. Tarbiya maskanida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha rejaga qoʻyiladigan davlat talablaridan kutilayotgan natijaga koʻra, bolalar bilimi, koʻnikmalari va tarbiyachining malaka koʻrsatkichi muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi davlat talablari boʻyicha bolada jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari, bilim jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak. Bu bilimlarni bolaga singdirishda tarbiyachilarning roli katta. Har bir bolaga mehr koʻrsatib, tarbiya jarayoni tashkil etilsa, albatta, kutilgan natijaga erishiladi.
Shu vazifalarni ado etishda bolalarning sogʻlom va baquvvat, ziyrak boʻlib ulgʻayishida ota-onalar ham befarq boʻlmasliklari kerak. Zero, ota-onalarning oʻz farzandlari kamolotini yaratishdagi roli maktabgacha taʼlim tashkiloti maqsadlari va mazmuni bilan uygʻunlashgandagina, aʼlo natijalarga erishish mumkin.
Feruza RIZAYeVA,
5-sonli MTT tarbiyachisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶