ASKAR ONALARI ShARAFLANDI
Tumanimizda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan "Vatan - ulugʻ, burchim muqaddas” shiori ostida fuqarolar yigʻinlari hamda taʼlim muassasalari hamkorligida "Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan targʻibot tadbirlari koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Ana shunday targʻibot tadbiri tuman madaniyat uyida, Qilichboy ovulidagi Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida, Xitoy ovulidagi Amudaryo transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida, shuningdek Bobur nomli ovuldagi Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejida hamda Qipchoqdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham boʻlib oʻtdi.
"Askar onalarini sharaflaymiz” targʻibot tadbirining aziz mehmonlari boʻlgan askarlarning onalariga alohida hurmat va ehtirom koʻrsatildi.
Boʻlib oʻtgan targʻibot tadbirlari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Robiya Yoʻldosheva.
(Foto - http://www.dustlikbayrogi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶