YaNGI FARMONLAR ODIL SUDLOVGA ERIShISh VA SUDLAR FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI OShIRIShGA XIZMAT QILADI
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi. Zero, bugun mamlakatimiz hayotining barcha sohalari, shu jumladan, sud-huquq tizimida izchil amalga oshirilayotgan barcha islohotlar markazida inson omili turibdi.
Bu hayotiy haqiqat Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston halqiga yoʻllagan Murojaatnomasida oʻz tasdigʻini topgan. Davlatimiz rahbarining «Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi hamda «Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonlari odil sudlovga erishish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻldi. Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 16-yanvarda imzolangan ushbu 2 ta tarixiy hujjat aynan mazkur Murojaatnomada bildirilgan takliflarning ijrosini amalda taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz Farmonlarida sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilgan. Shuningdek, 2022-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ham ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Strategiya doirasida “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish gʻamda uning faoliyatini halq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yoʻnaltirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilinishiga erishish, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash kabilar odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib belgilangan.
Undan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini toʻlaqonli ruyobga chiqarish, holisligini amalda taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilab qoʻyilgan. Sohani toʻliq raqamlashtirish, masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shaklantirish kabilar ham koʻzda tutilgan.
Ushbu vazifalarning bajarilishi sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga, ularning shaʼni hamda qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi. Shu bilan birga, sud va tergov organlari masʼuliyatini yanada kuchaytirib, aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga boʻlgan ishonchini oshiradi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶