HAYoT MAZMUNI
Hayot mazmuni... Uni har kim har xil tasavvur qiladi. Mening nazdimda esa hayot mazmuni - el-yurtga xizmat qiliş, yurt koriga yaraş.
Şu maqsadda harbiy xizmat burçimni ado etganimdan söng şartnoma asosida şu sohada mehnat faoliyatimni davom ettirdim. Dastlab 1997-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mudofaa işlari boşqarmasida iş boşlagan bölsam, keyinçalik Möynoq tumani, Qönğirot tumani mudofaa işlari bölimlarida işladim. 2012-yildan beri Amudaryo tumani mudofaa işlari bölimida çaqiruv bölinmasi boşliği katta yordamçisi vazifasida işlayapman.
Çaqiruv bölinmasi asosan 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan, salomatligiga köra Qurolli Kuçlar safida harbiy xizmatni ötaşga yaroqli yigitlarni çaqiruvga tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Xizmat vazifamiz masʼuliyatli va ayni paytda şaraflidir. Çunki biz tayyorlagan yigitlar Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimiz tinçligi, osoyiştaligi yölida xizmat qiladilar.
Şunisi quvonarliki, bizning tumanimiz yigitlari Vatan oldida harbiy burçini ado etişni özlarining oliy maqsadi, deb biladilar. Buni çaqiriluvçilarning soni köpligida, harbiy xizmatga boriş istagi kuçli ekanligida ham köriş mumkin. Yigitlar Armiyaga boriş istagida özlari murojaat qiladilar. Ular bilan maxsus suhbatlar ötkazilgan çoğda:
– Armiyaga nima uçun bormoqçisan? - deb söraganimizda, bergan javoblaridan quvonib ketadi odam. Çunki ular öz ona yurtiga xizmat qilişga, harbiy libos kiyib, tinçlik-osoyiştaligimizni qöriqlaşga hissa qöşişni istaşadi.
Bizning tumanimiz çaqiriluvçilarning köpligi jihatidan Nukus şahridan söng Qoraqalpoğistonda ikkinçi örinda turadi.
Bu - ösib kelayotgan yoş avlod bilan bölimimiz xodimlari astoydil işlaşayotgani samarasidir.
Fursatdan foydalanib, barça kasbdoşlarimni Vatan himoyaçilari kuni bilan tabriklayman!
Bayram JUMANBETOV,
tuman mudofaa işlari bölimi çaqiruv bölinmasi boşliğining katta yordamçisi, kiçik serjant.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶