QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRI BIRINÇI ÖRINBOSARI ELMUROD TURSUNOV RAHBARLIGIDA AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
13-fevral kuni Amudaryo tumanining Uyşin mahalla fuqarolar yiğinida Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari Elmurod Tursunov iştirokida sayyor qabul bölib ötdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqni qöllaş amaliyotini örganiş bölimi boşliği Yesengeldi Utepov, tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi Nilufar Jumaniyazova hamda Uyşin mahallasining 50 nafardan ortiq faol fuqarolari iştirok etişdi.
Undan taşqari, sayyor qabulda tumandagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi, Davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat körsatiş markazlari xodimlari va natariuslar qatnaşişdi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vaziri birinçi örinbosari Elmurod Tursunov sözga çiqib, qonunçilikdagi sönggi yangiliklar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yiğiliş iştirokçilariga tuşuntirdi. Şuningdek, tadbirkorlar uçun berilayotgan soliq imtiyozlari töğrisida batafsil maʼlumot berib ötdi.
Şundan söng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qayd etiş lozimki, fuqarolardan umumiy 41 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, şundan 11 nafari muddat talab etuvçi murojaatlar ekanligi maʼlum böldi.
Fuqarolarning elektr energiyasi, elektr simyoğoçlari, soğliqni saqlaş, taʼlim sifati, qurilişi hali ham yakuniga yetmayotgan 75-sonli umutaʼlim maktab böyiça, soliq imtiyozlari, uy-joyni rasmiylaştiriş, farzandining tölov-kontrakti tölab berilişi, böyiça qilgan murojaatlari qabul qilinib, qonunçilikda belgilangan muddatda javob yuborilişi maʼlum qilindi.
Undan taşqari, işsizlik, ijtimoiy nafaqalar tayinlanmaganligi, kadastr va vorislik huquqlari va boşqa masalalar böyiça kelib tuşgan 30 ta murojaatga huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Şu örinda qayd etiş lozimki, bugun har bir fuqaro uçun barça davlat organlari va taşkilotlarining eşiklari oçiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini iş xonalarida emas, balki joyiga borib, haqiqiy holatni körgan va örgangan holda körib çiqmoqdalar.
Aytiş kerakki, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etiş imkonini berayotgani, hududlarda yiğilib qolgan muammolarni aniqlaş va bartaraf etilişida davlat organlari va taşkilotlari oldiga vazifalar qöyayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶