SIZ BUNI BILASIZMI?
Kemiruvçi yoki kaliş... Ikkisi örtasida heç qanday mantiqiy boğliqlik yöq. Biri jonzot, ikkinçisi jonsiz predmet. Ikkisi töğrisida deyarli maʼlumotga egamiz. Ammo fevral oyi esa ular haqida biz bilmagan, qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etadi.
2-fevral – suğur kuni

AQŞ va Kanadada fevral oyining ikkinçi sanasida nişonlanadigan anʼanaviy bayram. Şu kuni odamlar tuynukdan sudralib çiqayotgan suğurni tomoşa qilişga borişadi. Hamda uning xatti-harakatlariga qarab bahor boşlanişining yaqinligini yoki ob-havoning qanday bölişini aniqlaydilar. Agar kun bulutli bölsa, suğur öz soyasini körmaydi va xotirjamlik bilan tuynukni tark etadi. Bu esa - qiş tez orada tugaşini va bahor erta kelişini anglatadi. Agarda kun quyoşli bölsa, kemiruvçi öz soyasini köradi va yana tuynukka yaşirinadi. Bu bölsa qişning yana davom etişini bildiradi va odamlar bunga işonişadi. AQŞ hamda Kanadaning baʼzi şaharlarida şu kuni meteorologik xizmatlarga bağişlangan festivallar ötkaziladi va bu köplab sayyohlarni jalb qiladi. Şuningdek, Şimoliy Amerikada va Şotlandiyada suğur kuni bilan boğliq maşhur ibora ham bor: "Agar suğur kuni ob-havo yorqin va tiniq bölsa, yiliga ikki qiş böladi". Şu bilan birga, ayrim manbalarda suğur kuni qadimgi Rimda paydo bölgani haqida ham aytilgan.

4-fevral – rezina
kalişlarning tuğilgan kuni (noodatiy bayram) Mazkur sana dunyoning baʼzi davlatlarida kaliş ixtiroçilariga hurmat sifatida nişonlanadi. "Galoşes", yaʼni "kaliş" sözining etimologiyasi va uning kelib çiqişi masalasi biroz bahsli. Kalişni barçamiz yaxşi bilamiz va uni odatda faqatgina yoşi uluğ insonlar poyafzali sifatida köramiz. Ammo, 1920-yillarda mazkur oyoq kiyim barça yoşdagi odamlar orasida urfda bölgan.
1803-yil Radlay ismli ingliz ixtiroçisi rezina bilan singdirilgan matodan poyafzal qoplamalarini işlab çiqariş uçun patent olgan. Ğoya yaxşi bölgan, biroq ixtiro amaliyotda sinovdan öta olmagan. Bundan taşqari, öşa davrlarda innovatsiyalarni ommaviy işlab çiqariş imkoniyati bölmagan. Eng dastlabki kalişlar issiq havoda yumşab ketişi va sovuqda yorilib ketişi bilan muammo tuğdirgan. 1860-yillarda Rossiyada rezina mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça rus-amerika sanoat korxonalari yaratilgan. Şu tariqa, kaliş öşa davr odamlari orasida qiziqiş uyğota boşlagan. Keyinçalik esa, zamonaviy texnologiyalar va materiallar, işlab çiqariş usullari kalişlarni yorqin va zamonaviy körinişga keltirgan. Bizning özbek xalqimizda ham otaxon-u, onaxonlarimiz orasida mahsi hamda kaliş kiyiş anʼanaga aylangan.
Aslida, taqvimdan yaproq kabi uzilayotgan har bir kunimiz muhim. Har bitta sanani "qizil" marker bilan belgilab qöyişga arziydi.
Aziza MADRAHIMOVA.
Internet materiallari asosida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶