Bosuv mahallasining yoşlar yetakçisi nimalar bilan band?
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvar kungi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan har bir şaharça, qişloq, ovulda, şuningdek, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etilgan edi.
Jumladan, Amudaryo tumanining ham 49 ta ovul va mahallalarining har biriga 1 nafar yoşlar yetakçisi tayinlandi. Yetakçilar iş faoliyatini boşlaganiga bir yil böldi. Lekin, mana şu qisqa davrga qaramasdan ular tomonidan yoşlarning muammolarini hal qiliş, böş vaqtini mazmunli ötkaziş, bandligini taʼminlaş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi.
Amudaryo tumanining Bosuv mahalla fuqarolar yiğini yoşlar yetakçisi Nigora Bazarbayeva ham öz iş faoliyatini boşlagan kundan boşlab mahallasidagi har bir yoşning xonadonida bölib ular bilan birma-bir suhbatlaşdi. Suhbatlaşiş asnosida muammoli yoşlar ruyxatini şakllantirib, hokim yordamçisi bilan hamkorlikda muammolarni hal qilişga kirişdi.
Yoşlar yetakçisining va hokim yordamçisining bevosita kömagi bilan mahallaning yoş kelinlari Oyjamol Çötova hamda Tursunoy Matyusupovalar tikuvçilik tsexini oçişib, 3 nafar mahalladoşining ham bandligi taʼminlanişiga öz hissalarini qöşişdi. Uşbu tsehda ular turli körpa va yostiqlarni arzon narxlarda tikib, xalqimizga beminnat xizmat körsatişmoqda.
Yoşlar bu bilan ham çeklanib qolmasdan hokim yordamçisiga murojaat qilib, 33 mln. söm miqdorida imtiyozli kredit oldilar. Ular uşbu mablağ evaziga öz tomorqalarining 2 sotix maydonida issiqxona qurib, poliz mahsulotlarini yetiştirşmoqda.
Yoşlar yetakçisi va hokim yordamçisining kömagi bilan öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan yoşlardan yana biri Sabohat Tursinbayeva ham 20 mln. söm miqdorida imtiyozli kredit oldi. Sabohat uşbu mablağ evaziga 25 quti asalari sotib olib, asal yetiştirişni boşlab yubordi.
Öz bobosidan asalariçilikning sir-asrorlarini puxta egallagan Sabohatning asalarilari yil boşida 25 quti bölgan bölsa, yil yakuniga kelib 45 quti böldi. Bugungi kunda asalarilardan yetiştirilayotgan asallar xaridorgir bölib, bozor rastalarini tabiiy va arzon asallar bilan töldirmoqda.
Mahallada uşbu yoşlardan taşqari yoşlar yetkaçisi va hokim yordamçisi kömagi bilan 2022-yil davomida bandligi taʼminlangan, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan yana 55 nafar yoşlar bor. Ular ham tadbirkorlikning turli yönalişlari böyiça öz faoliyatini yölga qöygan.
Jumladan, 14 nafar yoşlarga imtiyozli kreditlar, 24 nafariga qişloq xöjaligi sohasi bilan şuğullanişlari uçun yer maydonlari, yana 7 nafariga esa takroriy ekin ekişi uçun yer maydonlari ajratib berildi.
Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarning 37 nafariga ham “Yoşlar daftari” balansidan turli yordamlar körsatildi.
Yoşlar yetakçisi tomonidan amalga oşirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar natijasida mahalla yoşlarining jamiyat hayotiga daxldorligi mustahkamlanib, ertagi kun uçun masʼuliyati ortmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶