2023-yil uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
2023-yil 1-fevral kuni Amudaryo tuman Davlat soliq inspektsiyasi binosida ommaviy axborot vositalari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odilbek Ashirbayev, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining masʼul kotibi, jurnalist Ozoda Xudaybergenova hamda soliq inspektsiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlariga berilgan soliq imtiyozlari xususida keng turda maʼlumot berib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subʼektlari uchun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda ijtimoiy soliq 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilandi.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilandi.
Ochiq muloqot davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” farmoni ham tushuntirib oʻtildi.
Farmonga muvofiq tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratildi.
4-toifaga kiritilgan Amudaryo tumanida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha eng kam qiymatlarga 0,3, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻi 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsent kiritish huquqi beriladi.
Shundan soʻng, jurnalistlar tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilib tegishlicha javoblar olishdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶