“BRIGHTON SCHOOL” OʻQUV MARKAZI YoShLARNING SEVIMLI MASKANIGA AYLANMOQDA
Bugungi kunda xorijiy tillarni oʻrganish va bilishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu bois yurtimizda xorijiy tillarni oʻrgatishni taʼlim siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda taʼlim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Olmazor mahallasida joylashgan, yangi tashkil etilgan “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazi ingliz va rus tillarini oʻrgatishga ixtisoslashgan. Yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida “BRIGHTON SCHOOL” MChJga qarashli oʻquv markazini tashkil qilgan Nurbek Jumaniyozov ushbu markaz binosi qurilishi va jihozlanishiga 200 mln. soʻm bank krediti va tadbirkorning 1 mlrd. soʻmga yaqin oʻz mablagʻi sarflangan.
Yosh oʻqituvchi Nurbek Jumaniyozov izlanuvchan, intiluvchan, shuningdek, oʻz kasbining fidoyisi. U oliy toifaga ega va SEFR boʻyicha B2, C1 darajadagi sertifikatlar sohibi. Oʻz faoliyati mobaynida oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishlariga salmoqli hissa qoʻshib, koʻplab shogirdlar yetishtirdi. Bugungi kunda undan taʼlim olgan yoshlar turli nufuzli oliy oʻquv yurtlari talabalari boʻlishdi.
Nurbek Jumaniyozovning tashabbusi bilan tashkil etilgan, ikki qavatli qilib qurilgan markaz binosida qabul qilish xonasi, oʻquv mashgʻulotlari uchun 6 ta sinfxona, 1 ta maʼruzalar xonasi, oʻqituvchilar, menejerlar, dam olish va kutish xonalari mavjud. Kutubxona va oshxonalarga ham xonalar ajratilgan. Markazda shugʻullanuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Zamonaviy jihozlar, kompyuter, proyektor, interaktiv doska, audio texnikalar bilan taʼminlangan. Mazkur oʻquv markazi 1,5 mingdan ortiq abituriyentga ingliz va rus tillarini oʻqitishga moʻljallangan.
Yaqinda ish boshlagan mazkur til oʻqitish markazi har kuni uch navbatda faoliyat olib bormoqda. Unda 10 dan ortiq malakali til mutaxassislari hamda fan oʻqituvchilari abituriyentlarga saboq berishadi. Markazda 1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga til oʻrgatiladi. Ularni IELTS va SEFR xalqaro hamda milliy sertifikatlarga oʻqitish kurslari ham yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, abituriyentlarni oliy oʻquv yurtlariga tayyorlash kurslari ham yoʻlga qoʻyilgan. 1-sinfdan 7-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun esa BRIGHTON KIDS oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilgan. Undan tashqari, markazda matematika fani va mental arifmetikadan ham oʻquv saboqlari yoʻlga qoʻyilgan.
Zamonaviy koʻrinishda barpo etilgan ushbu maskan barcha sharoitlarga ega boʻlishi bilan birga qishda issiq, yozda salqin boʻlishi taʼminlangan. Markazda asosan zamonaviy pedagogik, innovatsion usullarda mashgʻulotlar tashkil etilib, yoshlarda ingliz tilida gapirish koʻnikmasi shakllantirilmoqda. Qisqa fursat mobaynida yoshlarning sevimli maskaniga aylangan ushbu muassasada malakali ustozlar tomonidan ingliz va rus tillarida oʻz ona tilidek soʻzlashishlariga, grammatikasini oʻzlashtirishlariga yordam berilmoqda.
Xorijiy tillarni oʻrganish muhim ahamiyat kasb etayotgan ayni davrda “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazi keng koʻlamda oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatadi va tumanimiz yoshlarining chet tillarini oʻrganishlariga, nufuzli taʼlim dargohlari talabalari boʻlishlariga katta imkoniyat yaratadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶