24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 03:52
Jamiyat 👁 297

DONIYoR ShAHARChA YoShLARI BILAN HAMKOR, HAMQADAM

DONIYoR ShAHARChA YoShLARI BILAN HAMKOR, HAMQADAM

Har qanday davlatning kelajagi yosh avlod taʼlim-tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Chunki yoshlar ertagi kun egalaridir.

Mamlakatimizda shu boisdan ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviyatli, maʼrifatli, yurt koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga koʻtarishga asos boʻlayotir.

Qarorga muvofiq har bir ovul, mahalla, shaharchada faoliyat boshlagan yoshlar yetakchilari oʻz hududida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirmoqda. Ular “Yoshlar balansi”ni shakllantirib, bu haqdagi  maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali”ga kiritib boradi.

Yoshlar yetakchilariga yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yaxshi yoʻlga qoʻyish, tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlarni “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasi orqali va boshqada taʼsir choralari orqali tarbiyalash hamda jamiyatga faol aralashuviga erishish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kitobxonlikka, sanʼatga, axborot-texnologiyalarini puxta egallashga, kasb-hunar oʻrganishga keng jalb etishdek masʼuliyatli vazifalar yuklangan.

Tumanimizning Qipchoq shaharchasi yoshlar yetakchisi Doniyor Vaisov ushbu lavozimga tayinlanganidan beri oʻz xizmat vazifasini sidqidildan ado etishga harakat qilayapti. Hududda 502 xonadonda 2606 nafar aholi istiqomat qiladi. Shularning 718 nafarini 14-30 yoshdagilar tashkil etadi.

Shaharcha fuqarolar yigʻini masʼullari bilan birgalikda oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 2022-yil boshida 21 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Shaharcha yoshlar yetakchisi  tavsiyasiga koʻra, ularga zarur yordamlar koʻrsatildi va daftardan chiqarildi. Ularning 6 nafariga imtiyozli foizlarda kredit ajratildi va oʻz-oʻzini band qilishiga erishildi, 1 nafari ishga joylashtirildi, 4 nafar oliygoh talabalarining toʻlov shartnoma pullari toʻlab berildi, 2 nafariga haydovchilik guvohnomasi olish uchun oʻquv badali, 1 nafarining safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilish badali, ikki nafarining zamonaviy kasbga oʻqish badali toʻlab berildi, 4 nafariga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi, 1 nafarining davolanish xarajatlari qoplab berildi.

Joriy yilda ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning intellektual salohiyatli boʻlib voyaga yetishiga koʻmaklashish maqsadida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab qator tadbirlar oʻtkazdi. Umuman, shaharcha yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli va maqsadli oʻtkazishlari uchun turli milliy sport oʻyinlari, yoshlar festivallari va boshqada madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bunda yoshlar yetakchisiga faol yoshlar, hududdagi umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari yosh kadrlari yaqin hamkor, koʻmakchi boʻlishayapti. Ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan, maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlar bilan ishlashishda esa “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” loyihasi doirasida hududdagi ulkan hayotiy tajribaga ega pir-u badavlat onaxonlar, otaxonlar bilan oʻrnatilgan hamkorlik samarali natijalar berayapti.

Quvonarlisi, shaharcha yoshlari qiziquvchan, intiluvchan, barchasining ham oʻz hayotiy rejalari, orzulari bor. Yetakchi Doniyor Vaisov ular bilan doimo hamnafas, hamqadam.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026