17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:51
Jamiyat 👁 362

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

“YuKSAK MAʼNAVIYaTLI YoShLAR – KELAJAK POYDEVORI” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Har qanday davlatning kelajagi yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ular uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga bogʻliq. Chunki Prezidentimiz taʼkidlaganlariday, bugungi yoshlar – Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy bunyodkorlaridir.

Mamlakatimizda yoshlarning oʻqib, bilim olishlari, oʻz iqtidor va qobiliyatlarini amalda namoyon etishlari, shaxsiy fikriga ega, dunyoqarashi keng insonlar sifatida voyaga yetishlarini taʼminlashga qaratilgan ishlarning mazmun-mohiyati, eng avvalo ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, intillektual salohiyatini oshirishga qaratilgani bois, yil sayin turli sohalar boʻyicha bilimdon va tashabbuskor yoshlar safi oshib bormoqda. Albatta, bu borada OAVlarning tutgan oʻrni katta ahamiyatga ega.

Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan yoshlar muammolarini oʻrganish, ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun yaqindan koʻmaklashish, iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratish, ijodkor yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari ham eʼtiborga molik. Ayniqsa, Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasidagi tadbirlar joylarda iliq kutib olinib, qizgʻin bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtmoqda.

“Yoshlarning maʼnaviy ruhiy va intillektual salohiyatini oshirish” mavzusidagi tanlovda “Jaholatga qarshi – maʼrifat” yoʻnalishi boʻyicha oʻz loyihasi bilan gʻoliblikka erishgan Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi joriy yilning 16-yanvar sanasida Qilichboy ovulida boʻlishib, ovul faollari, “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, Nuroniylar jamoatchilik Kengashi aʼzolari hamda yoshlar bilan uchrashib, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida dildan suhbat tashkil etdilar.

Dildan suhbat tadbirini Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov ochib, ovulda yosh avlodni har tomonlama yetuk va maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalash, ularni yot gʻoyalardan, turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish borasida 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi 2023-yil uchun rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, “Oʻn nafar yoshga bir nuroniy” tamoyili asosida uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor xususida batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, “Yuksak ”maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasining koordinatori, jurnalist Robiya Yoʻldosheva mazkur loyihaning maqsadi va undan kutilayotgan natijalar, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiorining hayot hikmatlariga toʻla mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritib, ovulning faol ayol-qizlari, “Buvijonlar maktabi” aʼzolari boʻlgan onaxonlar, Nuroniylar jamoatchilik Kengashining ovulda istiqomat qiluvchi faollari bilan suhbatda boʻlib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Darvoqe, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hududiy jihatdan qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Shu bois, ovul faollari va “Buvijonlar maktabi” aʼzolari tez-tez OFY raisi Bahrom Qodirov huzurida yigʻilishib, yoshlar tarbiyasi, toʻy-marosimlarni tartibli va isrofgarchiliksiz oʻtkazish, oilaviy nizolarning oldini olish, yosh oilalarning mustahkamligini taʼminlash, uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil etishlariga koʻmaklashish, xotin-qizlarni uy mehnatiga, tadbirkorlikka jalb etish borasidagi taklif va mulohazalarini bildirishadi. Natijada esa oʻtgan 2022-yil davomida ovul hududida koʻplab oilaviy nizolarning oldi olinib, ajrashish yoqasida turgan 3 ta oila yarashtirildi.

Ovulda “oʻn nafar yoshga bir nuroniy” tamoyili asosida uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlashga asosiy eʼtibor qaratiladi. Yoshlar yetakchisi Jasur Otamurodov Nuroniylar masalalari boʻyicha OFY raisining maslahatchisi Amina opa Yusupova bilan hamkorligida 5 nafar probatsiya tarkibidagi yoshning faol hayotga qaytishi, ularning maʼnaviy-axloqiy jihatdan qayta tarbiyalanishi uchun sharoit yaratib berildi.

Ayni paytda probatsiya tarkibidagi 3 nafar yosh OTM talabalari boʻlishdi. Ulardan birining oʻqishi uchun shartnoma pullari toʻlab berildi. Ikki nafar yoshga esa dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer ajratilib, kredit mablagʻi olishiga koʻmaklashildi.

Joriy yilning 16-yanvar sanasidagi faollari yigʻilishda kam taʼminlangan oila farzandi boʻlgan talaba qiz Sevinch Davlatboyevaning oʻqishi uchun shartnoma badalini toʻlab berish masalasi ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda ovulda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 1538 nafarni tashkil etib, ularning asosiy qismi OTMlarda tahsil olishadi va ayrimlari tadbirkorlik bilan shugʻullanib, qoʻpchiligi hududdagi muassasa va tashkilotlarda mehnat qilishadi. 74 nafar yoshlar esa xorij davratlarida mehnat muhojirlari sifatida faoliyat olib borishadi.

Deyarli har haftada OFY raisi huzurida yigʻilishib, yoshlar hayotiga oid muammolar, yutuqlar, yangi rejalar xususida maslahatlashib oladigan ovul faollari, “Buvijonlar maktabi” va Nuroniylar jamoatchilik Kengashi aʼzolari nazaridan hech bir masala chetda qolmaydi. “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori esa qilichboyliklarning har kungi hayot tarzida oʻz ifodasini topgan va bu ovuldagi har bir xonadon, har bitta oila hayotida namoyon.

Robiya YOʻLDOShEVA, Ravshan BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026