Dinimizda Vatanni himoya qiliş - uluğ amal
Ona Vatan! Nima uçun Vatanni ona sözi bilan yonma-yon işlatamiz? Çunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulğaysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib ösadi. Kişining tuğilganda kindik qoni tökilgan yer uning Vatani hisoblaniladi. Mana şu Vatanini asrab-ardoqlaş, ximoya qiliş xar bir insonning muqaddas burçidir.
Bu yil Respublikamiz Qurolli Kuçlari taşkil topganiga 30-yil töladi. Bunday qisqa vaqt davomida milliy armiyamiz heç bir mamlakatdan ortda qolmaydigan darajadagi qurol-aslahalarga, jangovor uskunalarga ega böldi. Respublikamiz Qurolli Kuçlarida xizmat qilayotgan askarlarning saviyasi esa ham maʼnan, ham jismonan yuksak darajaga yetib ulgirdi desak aslo mubolağa qilmagan bölamiz. Yurtitmizda xar yili 14-yanvar kuni «Vatan himoyaçilari kuni» ga bağişlab turli bayram dasturlari, körik-tanlovlar, davra suxbatlari, musobaqalar ötkaziladi va öz Vataniga çin sadoqat bilan hizmat qilib kelayotgan bir qator xarbiylarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bunday dasturlar Vatanimiz himoyaçilarini rağbatlantirişga hizmat qilibgina qolmay , atrofdagi yoşlarga vatanga mehr-muhabbat, vatanimiz himoyaçilariga nisbatan yuksak ehtirom tuyğularini şakillanib borişiga yordam beradi va bölajak Vatan himoyaçilari maʼnaviyatlarini yuqori darajaga kötarib, jismonan baquvvat, aqlan yetuk, sergak bölib kamolotga yetişişlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Darxakikat, Vatan - mukaddas makon. Uni himoya kiliş, duşmanlardan asraş, uning ravnaki va farovonligi yölida xizmat qiliş xar bir inson uçun ham farz, xam karzdir. Dinimizda Vatanni ximoya qiliş işiga özini baxşida etiş eng uluğ savobli amallardan ekanligi aytilgan. Bu töğrida Payğambarimiz sallalloxu alayxi vasallam şunday deganlar: "Ikki köz egasini dözax otaşi kuydirmas: biri -Allohning qörqib yiğlagan köz, ikkinçisi - Alloh yölida qöriqçilik qilib bedor bölgan köz" (Imom Termiziy rivoyatlari). Ulamolar "Alloh yölida qöriqçilik qilib bedor bölgan köz" iborasini Allox taoloning yölida Vatan sarhadlarini duşmanlardan saqlaş, insonlar tinçlik-osoyiştilagini taʼminlaş uçun qöriqçilik qilgan köz sohibi deb şarxlaganlar. Har bir fukaro öz Vatanini sevsa, uni ximoya qila olsa, ana şundagina Vatan va uning xalqi rivojlanadi, taraqqiy topadi. Vatanni qöriqlaş va uni himoya qiliş faqat Vatan ximoyaçilarini emas balki, xar bir yurt vakilining burçidir. Şunday ekan, har birimiz kindik qoniniz tökilgan uşbu Vatanni, şu mustaqil yurtni köz qoraçiğimizday asrab-avaylaşimiz - oilamiz, şaʼnimiz, or-nomusimiz va imon-eʼtikodimizni ximoya qiliş kabidir. Allox taolo Yurtimizni tinçlik osoyiştaligini abadiy qilsin. OMIN!
Öktam Qurbaniyazov Nöğoy eşon jomeʼ masjidi imom xatibi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶