HARBIY XIZMATÇILAR OILA AʼZOLARI UÇUN TIBBIY KÖRIK TAŞKIL ETILDI
Boyovul mahallasida joylaşgan harbiy qism xizmatçilari oila aʼzolari iştirokida “Reproduktiv salomatlik va soğlom turmuş tarzi” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Davra suhbatida tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari T.Saidova, D.Allabergenovalar iştirok etişdi. Şifokorlar soğlom turmuş tarzi, ratsional ovqatlaniş, yuqumli kasalliklarga qarşi ehtiyotdan emlaşning ahamiyati, gripp, kovid-19, yuqori nafas yöllari kasalliklarining oldini oliş kabilar töğrisida tibbiy tavsiyalar, maʼlumotlar berdilar. Ayollarga özlarida, ularning farzandlarida şamollaş yoki boşqa kasalliklar alomatlari paydo bölganida darhol şifokorga murojaat qilişi lozimligi, tavsiya qilinmagan dorilarni özboşimçalik bilan qabul qilmaslik kerakligi, ayniqsa, "Kuramax" kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan dorilarning işlatilişi taʼqiqlanganligini tuşuntirişdi.
Şundan söng, şifokorlar bolalarni tibbiy körikdan ötkazib, ota-onalarga kerakli tavsiyalar berişdi. Şuningdek, oilalar apteçkasidagi dorilar tekşiruvdan ötkazilib, işlatiş muddati tugagan dorilarni olib taşlaş tavsiya qilindi.
J.Yavqaşev, TTB ASTTQQ va JFO bölimi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶