TARAQQIYoTGA MAŞAQQATLI VA JASORATLI MEHNAT ORQALI ERIŞILADI
2017-yil dekabridan beri har yili davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnoma yöllaşi anʼanaga aylandi. Joriy yilning 20-dekabrida Prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasini butun yurtimiz Fuqarolari qatori men ham ulkan qiziqiş va hayajon bilan tingladim.
Murojaatnomada bildirilganidek, sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli yalpi içki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd. dollardan oşgan. Eksport esa 19 milliard dollarga yetgan.
Soha mutaxassisi sifatida bunda qişloq xöjalik mahsulotlari muhim örin tutadi, deb işonç bilan ayta olaman. Keyingi yillarda işsiz yoşlarga, ayollarga qişloq xöjaligida foydalanilib kelinayotgan ekin maydonlari uzoq muddatga ijara berilib, eksportbop mahsulotlar, mevalar yetiştirişiga keng yöl oçilayotgani samarasi bu.
Ötgan yili mamlakat böyiça 100 ming gektar, tumanimiz böyiça 846 gektar yer fuqarolarga tanlov asosida bölib berilib, bandligi taʼminlangan edi. Bu tumanimiz xalqi dasturxoni tökin bölişiga zamin böldi, desak adaşmagan bölamiz. Ayniqsa, dehqonlarga uruğliklar yetkazib berilib, yerlarni ekişda yordam körsatilayotgani ularga juda qulaylik böldi.
Kelgusi 2023-yilda ham respublika böyiça suv taʼminoti yaxşi bölgan yana 100 ming gektar qöşimça ekin maydonlari aholiga ajratilişini eşitib, juda quvondim. Bu qişloqlarda yaşayotgan 1 mln.dan ziyod aholining bandligi taʼminlanib, daromadga ega bölişiga erişiladi, degan sözdir.
Muhimi, bizning xalqimiz mehnatkaş, köngli oq, intiluvçan. Ular ertangi kunini öz mehnatlari bilan obod, farovon etiş uçun astoydil intilaveradilar.
Yurtboşimiz taʼkidlaganlariday, “Taraqqiyotga – faqat maşaqqatli va jasoratli mehnat orqali erişiladi”.
Javlon RAJABOV, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va
tomorqa yer egalari Kengaşi agronomi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶