MANĞIT ŞAHRIDA YaNGI “BRIGHTON SCHOOL” ÖQUV MARKAZI BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida taşkil etilgan ingliz va rus tillarini örgatişga ixtisoslaşgan “BRIGHTON SCHOOL” öquv markazining oçiliş marosimi bölib ötdi.
2022-yil 31-dekabr kuni bölib ötgan uşbu marosimga taşrif buyurgan mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Zamonaviy körinişda barpo etilgan va bayramona bezatilgan markaz binosi oldida ötkazilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq taʼlimi bölimi boşliğining örinbosari Ibragim Rajabov, “BRIGHTON SCHOOL” öquv markazi rahbari Nurbek Jumaniyozov, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamurodova, “AMU KIDS” öquv markazi rahbari Orzigul Ibragimovalar iştirok etişdi. Undan taşqari, oçiliş marosimida Olmazor mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, faollari va tadbirkorning oila aʼzolari ham qatnaşişdi.
Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda xorijiy tillarni öqitişga, mutaxassislar tayyorlaşga qaratilayotgan eʼtibor haqida söz yuritdi. Bugungi kunda köplab yoşlar muayyan mutaxassislik böyiça taʼlim oliş bilan birga çet tillarini ham puxta örganayotgani, buning natijasida dunyo kezayotganini aytib, yoşlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatdan oqilona foydalanişga çorladi.
Şuningdek, tadbir davomida sözga çiqqan 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamurodova va boşqalar markaz rahbari, malakali ingliz tili fani öqituvçisi Nurbek Jumaniyozovning sohadagi fidoyiligi, izlanuvçanligi, öquvçilarning xorijiy tillarni örganişlariga salmoqli hissa qöşayotgani, yoş bölişiga qaramasdan köplab şogirdlar yetiştirgani, bugungi kunda undan taʼlim olgan yoşlarning turli nufuzli oliy öquv yurtlari talabalari bölişganini ham tilga olib ötdilar.
Nurbek Jumaniyozov oliy toifali öqituvçi. U SEFR böyiça B2 va C1 darajadagi sertifikatlar sohibi. Yaqinda Xalq taʼlimi vaziri jamğarmasidan ustama oliş uçun ötkaziladigan sinov jarayonlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, 100 ballik natijani qölga kiritdi va 100 foiz ustamaga ega böldi. Yoş öqituvçi hozirgi kunda 40-sonli maktabda ingliz tili fanidan dars berib kelmoqda. Ötgan öquv yilida u taʼlim bergan variativ sinf öquvçilarining 93 foizi oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindi. Taʼlim sohasidagi fidoyiliklari uçun Jöqorği Kenges Prezidiumining qaroriga muvofiq “WATAN PIDAYISI” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Tumanimiz yoşlarining xorijiy tillarni örganişlari uçun imkoniyat yaratiş maqsadida “BRIGHTON SCHOOL” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli öquv markazini taşkil qilgan Nurbek Jumaniyozov uşbu markaz binosi qurilişi va jihozlanişiga kredit mablağlaridan 200 mln. söm, öz hisobidan 1 mlrd. sömga yaqin mablağ sarf etdi.
Zamonaviy körinişdagi mazkur öquv markazi 1,5 mingdan ortiq abituriyentga ingliz va rus tillarini öqitişga möljallangan. Uşbu öquv markazi har kuni uç navbatda faoliyat olib boradi. Unda 10 dan ortiq malakali til mutaxassislari hamda fan öqituvçilari abituriyentlarga saboq beradi. Mazkur til öqitiş markazida öquvçi-yoşlarni IELTS va SEFR xalqaro hamda milliy sertifikatlarga öqitiş kurslari ham yölga qöyiladi.
Markazning foydalanişga topşirilişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda lenta kesiş marosimidan söng, mehmonlar binoda yaratilgan şaroitlar bilan tanişib çiqdilar. Ikki qavatli qilib qurilgan mazkur binoda öquv maşğulotlari uçun 6 ta sinfxona, 1 ta maʼruzalar xonasi, öqituvçilar, menejerlar, dam oliş va kutiş xonalari mavjud. Kutubxona, qabulxona va oşxonalarga ham xonalar ajratilgan. Markazda abituriyentlar uçun barça qulayliklar yaratilgan. Zamonaviy jihozlar, kompyuter, proyektor, interaktiv doska, audio texnikalar bilan taʼminlangan.
Uşbu öquv markazi işga tuşirilişi natijasida 10 nafar ingliz va rus tili fani öqituvçilari, 5 nafar texnik xodimlari uçun yangidan iş örni yaratiladi. Öquv markazida asosan zamonaviy pedagogik, innovatsion usullarda maşğulotlar taşkil etilib, yoşlarda ingliz tilida gapiriş könikmasi şakllantiriladi. Qisqa fursat mobaynida ingliz va rus tillarida öz ona tilidek sözlaşişlariga, grammatikasini özlaştirişlariga yordam beriladi. Undan taşqari, boşlanğiç sinf öquvçilari uçun ham ingliz tilini mukammal örgatişga möljallangan maşğulotlarni yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Endilikda tumanimizda yangi taşkil etilgan “BRIGHTON SCHOOL” öquv markazi yoşlarning xorijiy tillarni mukammal örganişlari va nufuzli oliygohlar talabalari safidan joy olişlariga imkoniyat yaratib, kelajak egalarining komil insonlar bölib voyaga yetişlariga xizmat qiladi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶