QALBI YoNIQ QORAQALPOQ FARZANDI
(Musa Yerniyazov xotirasiga bagʻishlayman)
Yaxshilarning men yaxshisin aytayin,
Hammaga teng boshchi eding kamtarin.
Oʻylading sen doimo elning gʻamin,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Yigit eding arslonday tugʻilgan,
Xalq ishiga belin mahkam boylagan.
Sen kelding xabar ham keldiku suvdan.
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi,
Hammaning ham koʻngli birday toʻlmaydi.
Halol mehnat hech vaqt yerda qolmaydi,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Elim degan er yigitning birisan,
El buyursa, doim tayyor eding sen.
Fidoyilik namunasi oʻzingsan,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Ishga qoʻshib ikki ulkan zavodni,
Oʻrta Osiyoda mashhur qudratli.
Elaro qozonding eʼzoz, hurmatni,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Rejasin bajarib paxta, bugʻdoyning,
Qoraqalpoq xalqi shaʼnin koʻtarding.
Bandasi ekansan suygan Xudoning,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
“Qahramon” unvoni berilgan onda,
Ishonch bildirdi Prezident senga.
Imkonsiz umrni qaytarmoq izga,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Behisht boʻlsin Ogʻa, oʻrningiz yotgan,
Panohiga olgan boʻlsin Yaratgan.
Saqlaymiz nomingni chiqarmay yoddan,
Qalbi yoniq qoraqalpoq farzandi.
Angsatbay QARAJANOV, huquqshunos.
Qoraqalpoq tilidan Oygul RAJABOVA tarjimasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶