MUNOSIB MEHNAT ShAROITI ISh UNUMI YuQORI BOʻLIShIGA XIZMAT QILADI
Mamlakatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasining 37- moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”deb koʻrsatilgan. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi qonun doirasida aholining bandligini taʼminlashga, ularning unumli ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratishiga harakat qilmoqda. Oʻtgan 11 oy davomida tumanda 3706 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, 100 nafar fuqaroga yengil konstruktsiyali issiqxona va sugʻorish vositalari uchun 270 mln. soʻm, 10 nafar fuqaroga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun 2,7 mln. soʻm subsidiya berildi.
Joriy yilda tumanda 2 ta kooperativlar tashkil qilinib, ularga “Temir daftar”ga kiritilgan 64 nafar ishsiz fuqarolar jalb etildi va jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 192,3 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari yoʻnaltirildi.
Tuman hokimi qarori bilan tegishli korxona va tashkilotlar hisobidan 2022-yil uchun 86 ta ish oʻrinlarining eng kam miqdori, yaʼni kvota belgilanib, oʻtgan 9 oyda 69 nafar fuqaro kvota oʻrinlariga ishga joylashtirildi. Shuningdek oʻtgan davri mobaynida 11-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 302 ta korxona va tashkilotlardan 486 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi. Ushbu ish oʻrinlariga 498 nafar fuqaro jalb qilindi, shuningdek, 181 nafar shaxsga ishga yoʻllanma berildi (67 nafari yoshlar, 64 nafari ayollar).
Tumanda ishsizlik darajasi va norasmiy bandlar sonini kamaytirish maqsadida 443 nafar yoshlar, 728 nafar xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb qilindi.
Kasbga oʻqitish yoʻnalishida tumanimizda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish maqsadida oʻquv markazlarida yil boshidan 373 nafar fuqarolar turli yoʻnalishda tahsil olib, ularning bandligi toʻliq taʼminlandi.Ularning 188 nafari tikuvchilik, 44 nafari oshpazlik, 32 nafari qurilish, 36 nafari avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, 22 nafari axborot texnologiyalari, 4 nafari payvandlovchi, 42 nafari sartaroshlik yoʻnalishida mehnat faoliyatini boshladilar.
2022-yil boshidan 3241 nafar mehnat migranti yashash joyiga qaytib kelgan. Ularning 2578 nafarining bandligi taʼminlandi.
Rahmon Shomurodov,
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶