18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:59
Jamiyat 👁 370

“Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari oʻtkazilmoqda

“Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, mamlakatimizda joriy yilning 25-noyabr kuni start berilgan “Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostidagi “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari Respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda. 7-dekabr kuni shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi binosida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislari Bayramgul Ayimbetova, Xudaybergan Nizamatov, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanlararo markazi direktori Gavxar Chimbaychiyeva, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor, podpolkovnik Inobat Oʻrazmatova, Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori Gulsara Jollibekova, tuman hokimligining din ishlari boʻyicha mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov hamda deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, huquqshunoslar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni tuman hokimining oʻrinbosari Goʻzal Saburova ochib berdi hamda gender zoʻravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegaralarni bilmaydigan global muammo ekuanligini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, 15 yoshdan oshgan har uchinchi ayol hayoti davomida kamida bir marta boʻlsa ham jismoniy yoki jinsiy zoʻravonlikka uchrashini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, Gulsara Jollibekova Oʻzbekistonda keyingi yillarda gender zoʻravonligining oldini olish va unga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlanib, ayniqsa, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, bu hodisa jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarga asoslangan qator saʼy-harakatlar amalga oshirib kelinayotganligini taʼkidladi. Bu jarayonlarda nodavlat notijorat tashkilotlari alohida tashabbuskorlik va faollik bilan ishtirok etishayotgani quvonarli hol ekanligini aytib oʻtdi.

Darhaqiqat, “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi doirasida nodavlat jamoat tashkilotlari tomonidan koʻplab samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanimizda ham “Zoʻravonlikni va kamsitilishini oldini olishga har birimiz masʼulmiz” mavzuida uchrashuvlar, “Xotin-qizlarni  tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish  tugʻrisida”, “Xotin-qizlar va erkaklar  uchun teng  huquq hamda imkoniyatlar  kafolatlari  tugʻrisida”gi qonunlarni bilasizmi?” mavzularida davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Yigʻilishda Bayramgul Ayimbetova bunday tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad, yurtimizda turli shakllardagi zoʻravonliklarning oldini olish va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash va sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini kuchaytirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdan iborat ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, davra suhbatida soʻz olgan Inobat Oʻrazmatova va boshqalar keyingi vaqtlarda mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari haqida alohida toʻxtaldi.

Davra suhbatida, oʻz tashkilotlari faoliyati misolida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va taʼminlash, gender zoʻravonlikning turli shakllariga qarshi kurashish, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada erishilayotgan yutuqlar va mavjud muammolar haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, zoʻravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarining ijrosi, jamiyatda gender zoʻravonlikka barham berishga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolar, xotin-qizlarning huquqiy himoyasi boʻyicha qonunchilikdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf etish kabi qator mavzular ham keng muhokama qilindi va qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026