21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:30
Fan va taʼlim 👁 304

ChAQIRUVGA QADAR BOShLANGʻICh TAYYoRGARLIK FANI OʻQITUVChILARI OʻRTASIDA TENNIS MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

ChAQIRUVGA QADAR BOShLANGʻICh TAYYoRGARLIK FANI OʻQITUVChILARI OʻRTASIDA TENNIS MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

5-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarining jismoniy imkoniyatlari, bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zokirjon Saʼdullayevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda zamonaviy chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar haqida Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov batafsil soʻz yuritdi va barchani 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, tadbirda ishtirok etayotgan oʻqituvchilarning bilim va jismoniy imkoniyatlari, irodasi va kuchini sinovdan oʻtkazish maqsadida ular oʻrtasida sportning tennis turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Qizgʻin va qiziqarli bahslar asosida oʻtkazilgan tennis musobaqasida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi deyarli barcha umumtaʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar.

Maʼlumki, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi boʻlib, yoshlarda Vatanni fidokorona himoya qilishga tayyorlik va bunga qodirlikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Uning maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy asosi esa Vatanni himoya qilish toʻgʻrisidagi tegishli ilm-fan sohalarini puxta oʻzlashtirish, shu bilan birga ajdodlarimizning tarixiy va zamonaviy amaliy tajribalari, ilmiy merosi hamda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bilan bogʻliq umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy qatʼiy talablarga uzviy amal qilishdan iboratdir.

Ushbu oʻta muhim vazifani amalga oshirishning ilk bosqichi – yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot gʻoya va tahdidlardan asrash, oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash vazifasi umumtaʼlim maktablarining chaqiriqqa qadar boʻlgan yoshlarni tayyorlash fani oʻqituvchilari zimmasiga yuklatilgan. Chunki Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek: “tarbiya va taʼlimni bir-biridan alohida ajratib boʻlmaydi, bu ikki jarayon oʻzaro uygʻun, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, yuksak maʼnaviyatli, bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sogʻlom, keng dunyoqarash, tafakkur va zamonaviy kasb-hunar egasi boʻlgan yoshlar” aynan ana shu – chaqiriqqa qadar boʻlgan yoshlarni tayyorlash boʻyicha fan oʻqituvchilari taʼlim-tarbiyasi tufayli chiniqib boradilar. Albatta, bunday zukko yoshlarni chaqiriqqa qadar tayyorlashda ushbu fan oʻqituvchilarining oʻzlari jismonan kuchli, irodali va maʼnaviyatli, bilimdon mutaxassislar boʻlmogʻi joiz.

Musobaqa yakunida eng chiroyli oʻyin koʻrsatgan ishtirokchi, eng yaxshi raketka ustasi, eng kuchli va irodali sportchi, eng bilimdon va zukko chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblarga tadbir tashkilotchilari tomonidan sovgʻalar berildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir umumtaʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarini oʻz sohalari boʻyicha yanada faol va bilimdon boʻlish sari ilhomlantirgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026