XORIJIY TILLAR FAN OYLIGI DOIRASIDA “WE LOVE ENGLISH” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Yurtimiz hududidagi umumtaʼlim maktablarida şu kunlarda xorijiy tillar fan oyligi doirasidagi tadbirlar ötkazilmoqda. Oylik doirasida taşkil etilayotgan oçiq öquv maşğulotlari, intellektual öyinlar, inşolar tanlovlarida öquvçilar faol iştirok etib, öz bilimlarini yanada mustahkamlab olişmoqda.
Şu yil 29-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham fan oyligi munosabati bilan “We love english” deb nomlangan tadbir ötkazildi. Maktabning ingliz va rus tillari öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda direktor örinbosarlari Sarvar Qutlimurodov hamda Bahrom Xöjamurodovlar iştirok etdilar va keçani oçib berdilar. Şuningdek, bugun yurtimizda xorijiy tillarni örganişga bölgan talab kun sayin oşib borayotganini taʼkidlab, rus, ingliz, nemis tillari dunyo miqyosida öz mavqeiga ega tillardan sanalişini, til bilgan har qanday inson köp bilimga ham ega bölişini, şu orqali kelajakda yuqori martabalarga erişiş mumkinligini aytib ötişdi.
Fan oyligi tadbirlari davomida faol bölgan ingliz tili fani öqituvçilaridan Xosiyat Rajabova, Zamira Otajonova, Dildor Xolmenova, Dilnura Boboniyozova, Şahlo Iskandarova, Madina Fayzullayeva hamda Nilufar Şomurodovalarni, rus tili fani öqituvçilari Muhabbat Tursunboyeva, Raʼno va Nasiba Ahmedovalar, Nodira Soliyeva, Ikrom Ortiqov, Yulduz Yusupovalarning fidoyiliklarini namuna qilib körsatdi.
Şundan söng, öquvçilar ingliz va rus tilidagi şeʼrlar, qöşiqlar ijro etib, raqsga tuşişdi. Maktabning 3-sinf öquvçisi Saidjon Yusufboyev ijrosidagi “Viuçi russkiy yazik” nomli şeʼr, 1-sinf öquvçilarining “Yagoda malina”, “Umka” qöşiqlariga ijro qilgan raqslari, 4-sinf öquvçilarining “Butterfly”, 5-sinf öquvçilarining “Traffik light” şeʼrlari barçaga juda manzur böldi.
Taʼkidlanganidek, noyabr – xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan rus va ingliz tili fanlari böyiça ötkazilgan diktant, inşo, ijodiy işlar tanlovlari özining ijobiy samarasini berdi. Oçiq dars maşğulotlari jarayonida ham asosiy eʼtibor yangi innovatsion usullardan foydalanib, öquvçilarning bilimini oşiriş, ulardagi könikmalarni rivojlantiriş, aniqlangan böşliqlarni bartaraf etişga qaratildi. Maşğulotlar davomida öquvçilarning fanga, til örganişga bölgan qiziqişlari yanada ortdi va faolligi oşdi. Fan oyligi doirasida ötkazilgan oçiq darslar öqituvçilar tomonidan kuzatildi va tahlil qilindi.
Fan oyligining yakuni munosabati bilan maktab miqyosida ötkazilgan tadbir ham nihoyatda qiziqarli ötdi. Öquvçilar darslardagi samaradorlik natijasini, özlarining özlaştiriş darajalarini, xorijiy tillarni örganişga bölgan intilişlarini tadbir davomida namoyon etdilar. Tadbirlarda faol bölgan öquvçilarni rağbatlantiriş maqsadida ularga sertifikatlar topşirildi.
Fan oyligi doirasida qizğin tarzda ötkazilgan barça tadbirlar nafaqat öquvçilarga, balki öqituvçilarga ham masʼuliyat, öz kasbiga sadoqat hamda fanlarning ahamiyatini yana bir bor anglaşga imkoniyat yaratdi.
Rayhon Örozboyeva, 36-sonli maktabning ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶