IÇKI KASALLIKLARGA IXTISOSLAŞGAN YaNGI “MAFTUNA MED” KLINIKASINING OÇILIŞ MAROSIMI BÖLDI
Amudaryoda “MAFTUNA MED MANGIT” MÇJga qaraşli içki kasalliklarga ixtisoslaşgan xususiy klinika yangidan faoliyat boşladi.
23-noyabr kuni Navoiy nomli mahallada joylaşgan uşbu klinikaning oçilişi marosimi bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimi örinbosarlari Raşid Salayev, Mahmud Şermetov, 4-sektor rahbari, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitov, “MAFTUNA MED MANGIT” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Uluğbek Abdurahmonov, tuman “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisi örinbosari Bekman Allaberganov, klinika rahbari, oliy toifali şifokor Zulxumor Gaipova va boşqa tibbiyot xodimlari, fuqarolar yiğini raisi, masʼullari va faollar iştirok etişdi.
Marosimda sözga çiqqanlar dastlab tibbiyot tizimiga sönggi yillarda qaratilayotgan alohida eʼtibor, bu borada muhim asos bölayotgan Prezident va hukumat qarorlari, amalga oşirilayotgan islohotlar, özgarişlar xususida gapirdilar.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda soğliqni saqlaşda xususiy sektorni rivojlantiriş borasida izçil işlar amalga oşirildi. Xususiy tibbiyot binolari uçun tadbirkorlarga yerlar berilib, ular uçun kredit mablağlari ajratilmoqda. Hozirgi kunda eng çekka qişloqlarda ham xususiy klinikalar taşkil etilib, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yanada yaxşilanmoqda. Birgina Amudaryo tumanda 15 taga yaqin xususiy klinikalar va diagnostika markazlari faoliyat qörsatmoqda. Ularning 11 tasi Manğit şahri markazida, 4 tasi esa qişloq joylarida aholiga tibbiy xizmat körsatmoqda. Albatta, bu öz navbatida çekka hududlar aholisiga ham sifatli tibbiy xizmat körsatiş imkonini bermoqda.
“MAFTUNA MED” xususiy klinikasining taşkil etilişiga 225 mln. söm bank krediti va 100 mln. söm tadbirkorning öz mablaği, jami 325 mln. söm mablağ sarflandi. Klinikada yangidan 4 ta iş örni oçildi. Şuningdek, bu yerda kasallarning statsionar tarzda davolanişlar uçun 15 ta joy mavjud. Bu yerga bemorlarga taşxis qöyiş va davolaş uçun malakali şifokor va tibbiyot xodimlari jalb etilgan bölib, eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Soğligidan şikoyat qilib kelgan bemorlar malakali şifokordan töliq muolajalar olib, davolaniş, öz salomatligini qayta tiklaş imkoniyatiga ega bölişadi.
Klinikada aholiga terapiya-statsionar, diagnostika, tibbiy maslahat va konservativ davolaş kabi xizmatlar körsatiladi. Şuningdek, zamonaviy ultratovuş taşxisi, exo-kardiogramma, EKG uskunalari yordamida tibbiy tekşiruvlar ötkaziladi va bemorlarga aniq taşxislar qöyiladi. Undan taşqari, malakali tibbiyot xodimlari tomonidan muolajalar, davo çoralari qöllanilib, soğlom hayotga qaytişlariga kömak beriladi.
Yangi klinikaning oçiliş marosimiga kelgan mehmonlar zamonaviy binoda yaratilgan şart-şaroitlar, örnatilgan tibbiy jihozlar bilan taniştirildi. Mehmonlar tibbiyot maskanida taşxis qöyiladigan, tibbiy muolajalar olib boriladigan xonalar, kutiş zallarida boşqa yuqumli kasalliklarning oldini oliş çoralari körilgani, sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlanganini mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.
Xususiy klinika maʼmuriyati va xodimlari tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmat körsatişni yölga qöyiş orqali aholiga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatining yanada yaxşilanişiga öz hissalarini qöşişni maqsad qilganlar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶